Farmasevtik texnologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari DTT kafedrasining filialida olib borilmoqda
2018-yil 3-oktabr kunidan boshlab Toshkent farmasevtika instituti Dori turlari texnologiyasi kafedrasi “Farmasevtik texnologiya” fanidan “Suvli ajratmalar, Qaynatmalar tayyorlash va unga dori moddalarni qo‘shish” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlarini “Afsonak 63” xususiy dorixonasida DTT kafedrasining filialida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur mashg‘ulot institut farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 301A-guruh talabalari DTT kafedrasi v/b dotsenti boshchiligida olib borildi. Mashg‘ulot jarayonida qaynatmalar tayyorlash texnologiyasi va unga dori moddalarni qo‘shish bo‘yicha talabalar tomonidan amaliy ishlar olib borildi va ular o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi.