Toshkent farmasevtika institutida “Odob axloq qoidalari” targ‘iboti borasida tadbir tashkil etildi.
Xar bir tashkilot, ishxona, maktab, kolledj hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘z “Odob axloq” qoidalari mavjud. ”Odob axloq qoidasi” deganda faqat insonning tarbiyaviy jihati hisobga olinmaydi balki bu qoidalar o‘z ichiga insonning kiyinish madaniyati, muomala, etika qoidalari, shaxsiy gigiena qoidalarini qamrab oladi. Bularni barchasini talabalar ongiga singdirish maqsadida Toshkent farmasevtika institutida 2018-yil sentabr-oktabr oylari davomida “Odob axloq qoidalari” targ‘iboti borasida tadbir tashkil etildi.
Odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 9-martdagi 100-sonli, 2016-yil 16-martdagi 114-sonli, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016-yil 5-martdagi 116-sonli buyruqlari, Toshfarmining Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
Sog‘lom psixologik muhitni saqlash barcha pedagog xodimlar, shuningdek, talabalar faoliyati samarasini oshirish maqsadida institut miqyosida yagona axloq normalarini ta’minlash o‘ta muhimdir.
Tadbirlar institut ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev boshchiligida fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, guruh murabbiylari hamda talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda talabalarga shuningdek milliy urf-odatlarga amal qilish, o‘zaro hurmat hamda talaba mas’uliyati haqida ham so‘z yuritildi.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova