Germaniyaning Martin Lyuter Galle Vittenberg universiteti magistratura talabasi bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

25.09.2018, 16:39 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2811

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-aprel kunida qabul qilingan 173-sonli qaroriga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi 500 oliy ta’lim muassasasi (OTM) tomonidan berilgan diplom va hujjatlar hech qanday imtihonsiz (nostrifikatsiyasiz) qabul qilinadi. Shunday ekan, siz chet elda jahonning eng yaxshi 500 OTMda o‘qishingiz, ularni muvaffaqiyatli bitirgach esa, magistratura bosqichiga hech qanday qiyinchiliklarsiz kirib, o‘qishni davom ettirishingiz mumkin. Xorijda o‘qishning foydali jihatlari talaygina. O‘sha davlat tilini oson o‘zlashtirish, xorijiy davlatlarga sayohat qilish, chet el madaniyati bilan yaqindan tanishish, dunyoqarashni kengaytirish, xorijdan do‘stlar orttirish – shular jumlasidandir. Bugungi mehmonimiz 2017-yil Germaniyaning Saksoniya Anxalt shaxarchasidagi Martin Lyuter Galle Vittenberg universitetining sanoat va farmatsevtik biotexnologiya magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan Abdunasimov Abdulaziz Abdullayevich qabul qilingan. Toshkent farmatsevtika instituti talaba yoshlari orasida bilim saviyasini oshishi va ularda xorijiy nufuzli universitetlarda ta’lim olish ishtiyoqini yanada kuchaytirish maqsadida Germaniyada mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olish tizimining mohiyati, u erga xujjat topshirish jarayonlarining ketma ketligi, yashash xarajatlari va imtixondan o‘tish bosqichlari haqida o‘z tavsiyalarini ayamasdan o‘z ma’ruzasi bilan auditoriyada katta qiziqish uyg‘otgan Abdunasimov Abdulaziz bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

     

     

Abdunasimov Abdulaziz Abdullayevich 1993-yil 22-sentyabrda ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2000-yildan  2009-yilgacha o‘rta maktabda va G‘ijduvon akademik litseyida tahsil olgan. 2012-yil Toshkent farmatsevtika institutining sanoat farmatsiya fakultetiga o‘qishga qabul qilinib 2016 o‘quv yili imtiyozli tamomlagan. Talabalik yillarida bilimga tirishqoqligi bilan o‘z tengdoshlari orasida e’tibor qozonib, institutda tashkil etiladigan Talabalar ilmiy jamiyatida O‘zbekistonga chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha ingliz tilidagi o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib kelgan sobiq talabalarimizdandir.

     

Xalqaro aloqalar bo’limi