Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan institut logotipini yaratish bo‘yicha E’LON

20.09.2018, 12:29 E'lonlar 2591

Mazkur tanlovda proffesional reklama kompaniyalari, agentliklar,o’qituvchilar, talabalar va barcha soha qiziquvchilari ishtirok etishi mumkin.

Logotipga qo‘yiladigan talablar:

  • Logotip va uning 3 tildagi (o‘zbek, ingliz, rus) ta’rifi keltirilgan matn;
  • Grafik shakldagi fayl va bog‘lanish uchun (tel. raqam, elektron pochta) qisqacha ma’lumotnoma;

Logotipni baholash mezonlari:

  • Logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;
  • Logotipning ijodiyligi va betakrorligi;
  • Institut  qadriyatlarini aks ettirishi;

Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlar tuzilgan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va internet foydalanuvchilari orasida ovozga qo‘yadi. Ovozga qo‘yish natijalari hamda tanlov komissiyasining yakuniy xulosasi asosida g‘olib aniqlanib, uning nomi institutning rasmiy sayti www.pharmi.uz da e’lon qilinadi. G‘olib institut tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.