Toshkent farmatsevtika institutida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

13.08.2018, 09:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2898

     

     

2018-yil 13-avgust kuni Toshkent farmatsevtika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi “2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 5A320406 – Dori vositalar va preparatlar texnologiyasi (“Farmatsevtik texnologiya asoslari” va “Yangi avlod dorilari texnologiyasi”), 5A510501 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (“Farmatsevtik kimyo” va “Farmakognoziya”),  5A510502 – Farmatsvetika ishini tashkil qilish va boshqarish (“Farmatsiya ishini tashkil qilish” va “Farmatsevtik boshqaruv”),  5A510602 – Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi (“Kimyo farmatsevtik jarayonlar va apparatlar” va “Biofaol moddalar texnologiyasi”) va 5A510603 – Dorilarning sanoat texnologiyasi (“Dori vositalarini ishlab chiqarish”) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

     

Tset sinovlarini shaffofligini ta’minlash uchun Mirobod tumani 5-farovon saylov okrugidan deputat Xakimov G‘ulomjon G‘ofurovich va 9-Baynalminal saylov okrugidan deputat Sagatov Ibroxim Raufovich, shuningdek, Mirobod tumani prokuraturasining katta tergovchisi, 3-darajali yurist Xusanov Zabixila Murabdullayevichlar ishtirok etdilar. Bundan tashqari magistratura abiturientlarining ota-onalari test jarayonini monitor orqali kuzatib borishlari uchun maxsus xona tashkil qilindi. Test sinovlari soat 800 da boshlandi, kech qolgan abiturientlar test jarayonlariga qo‘yilmadi.