Xotin-qizlar qo‘mitasi “Ekologiyani asrab avaylaylik”, “Ona zaminimiz ko‘rki va ne’mati” kabi mavzularda davra suhbati o‘tkazdi.
2018-yilning 5-iyul kuni Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi B.X.Boltaeva, qo‘mita Psixologi L.B.Sultonova Ijtimoiy fanlar kafedrasi bilan hamkorlikda CHimyon amaliyot bazasida amaliyotni o‘tayotgan talaba-qizlar orasida “Ekologiyani asrab avaylaylik”, “Ona zaminimiz ko‘rki va ne’mati” kabi mavzularda davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida talaba-qizlarimizga ona yurtimizning naqadar go‘zalligi, ona tabiat berayotgan ne’matning qadriga etish, asrab avaylash, undan unumli foydalanish, amaliyotda olayotgan bilimlari kelajakda inson salomatligi, farmatsevtika sohasini ravnaqi hamda yurt farovonligi uchun hizmat qilishi kerakligi hususida, shuningdek tabiatni, ekologiyani asrab avaylash zarurligi uqtirib o‘tildi. Tadbir boshida talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishib chiqildi. Tanavvul qilayotgan taomlari, oshhonalarning sanitar holati ko‘rib chiqildi. Kechga yaqin talabalar orasida qiziqarli o‘yinlar uyushtirilib, uzaro hurmat va do‘stona munosabatlar bunday amaliyotlar davrida shakllanishi haqida gapirildi. Tadbirda farmatsiya yo‘nalishi 3-boqich talabalari va professor o‘qituvchilar ishtirok etishdi.