Magistrturaga qabul qilishga oid ma’lumotlar.

02.06.2018, 10:44 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2545

Bugungi kunda Toshkent farmatsevtika institutida 4 ta magistratura mutaxassisliklari (5A510502-farmatsiya ishini tashkil qilish va boshqarish, 5A510501-farmatsevtik kimyo va farmakognoziya, 5A510603-dorilarning sanoat texnologiyasi, 5A510602-immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi mavjud bo‘lib, ularda jami 76 ta magistratura talabalari tahsil olishmoqdi. Ulardan 44 nafar talaba 1-kurs, 32 ta talaba 2-kursda o‘qiydilar.

Magistraturaga qabul qilish jarayonida abiturientlarning xujjatlarini qabul qilish jarayoni, kirish sinovlari va og‘zaki suhbatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarorida batafsil yoritilgan. Hozirgi kunda mutaxassislik fanlari va og‘zaki suhbatning natijalari bo‘yicha baholashga o‘zgartirishlar kiritilib, ular bilan institut saytida tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori

Mutaxassislik fanlari va og‘zaki suhbatning natijalari bo‘yicha baholash mezoni