Toshkent farmatsevtika instituti DVST kafedrasida kollejlar bilan hamkorlik davom etmoqda.

25.05.2018, 18:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2910

DVST kafedrasi bir necha yillardan beri 1-Respublika tibbiyot kolleji bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib etishishi maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar, ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar kollej o‘quvchilariga taqdim etilmoqda. Shu maqsadda 2018-yil 24-25 may kunlari tashrif buyurgan farmatsiya bo‘limi 207-208-guruh o‘quvchilari “Farmatsevtika sanoati texnologiyasi” fanidan kollej o‘qituvchisi N.T.Xikmatova, G.F.Faxriddinova bilan DVST kafedrasi mudiri, prof. V.R.Haydarov va malakali o‘qituvchilari dotsentlar: A.D.Tadjiyeva, O.R.Raximova, katta o‘qituvchilar: S.T.Sharipova, F.SH.Foziljonova, Z.S.Abdujalilova, assistenlar: SH.A.Mamasolieva, Z.V.Turdiyeva, R.A.Abdullevalar bilan birgalikda “Aerozol dori turlari texnologiyasi” hamda “Suyuq dori turlari. Emulsiyalar” mavzusi bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Kollej o‘quvchilari institut tarixi va faoliyati bilan tanishish maqsadida  farmatsevtika muzeyiga tashrif buyurdilar va etarli amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.