Namangan muxandislik texnologiya institutida kimyo fani bo‘yicha 2018-yilda o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasi
Toshkent farmatsevtika institutining rektori buyrug‘iga ko‘ra-(№ 01-747 02.05.2018) Namangan muxandislik texnologiya institutiga kimyo fani bo‘yicha olimpiadada ishtirok etish uchun institut g‘olibi Mamurov Marat va uning rahbari noorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining dotsenti To‘xtayev X.R yuborildi.
Institut komandasi 13.05.2018-yilda Namangan muxandislik texnologiya institutiga etib keldi. Shu kuni tashkilotchilar turli viloyatlardan va Toshkent shahridan kelgan talabalarni ro‘yxatga olishdi.14-15.05.2018-yili Namangan muxandislik instituti bazasida O‘z.R.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 7.04.2018-yil. buyrug‘iga asosan Talabalar respublika olimpiadasining 2-bosqichi o‘tkazildi. Namangan sh., Kosonsoy ko‘chasi 7-uy (tel.0369-225-1007).
14.05.2018-yil. Soat 9:00 dan 9:30 gacha Talabalar respublika fan olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining va komandalar rahbarlari ishtirokida majlisda olimpiadani o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida majlis bo‘lib o‘tdi.
Institut komandasining rahbari dotsent To‘xtayev H.R. olimpiada o‘tkazish Mandat komissiyasining raisi etib saylandi. Nizomga muvofiq noorganik, analitik, organik va fiz.kolloid kimyo fan materiallar bo‘yicha 50 tadan savol tuzilgan test topshir iklarini bajarish 14-may soat 9:30 dan 12:00 gacha amalga oshirildi.
Olimpiadaning 2-turida 4 masladan iborat yozma ishni bajarish soat 14:00 dan 16:00 gacha yozildi. Shu kuni 16:00 dan 18:00 gacha olimpiadaning 3-turi kimyoning nazariy qonunlarga doir bilimlarni sinovi o‘tkazildi.
14.05.2018-yilda Olimpiada ishtirokchilari Namangan shahridagi “Gulchilikni rivojlantirish markazi” va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Ishoqxon to‘ra Ibrat” majmuasiga ekskursida qatnashdilar.
15.05.2018-yili kunida olimpiadadaning 4-turi laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish amalga oshirildi. Ikkita amaliy mashg‘ulotdan bittasi tanlab olindi. Ammaliy mashhulotda nomalum tuzning sifat analizi o‘tkazildi.
15.05.2018-yilda soat 16:00 da tashkiliy qo‘mitaning yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Fan olimpiadasining g‘oliblari taqdirlandi.
Olimpiadaning I, II va III-turi 2018-yilning 14-mayida, IV-turi esa 15-mayda o‘tkazildi. Barcha turlarda 42 nafar talaba ishtirok etdi. Olimpiada turlarini o‘tkazishda, tekshiruv jarayonida nizomda ko‘rsatilgan talablarga qat’iy rioya qilindi. Barcha turlar yakuniga ko‘ra quyidagi 3 ta talaba 1, 2, 3- o‘rin sohibi bo‘lishdi:
I-o‘rin: Sarimsaqov Abduraxmont – Namangan muxandislik texnologiya instituti talabasi.
II-o‘rin: Ubaydullayeva Pokiza Shuxrat qizi, Toshkent davlat texnika universiteti talabasi.
III-o‘rin Bekpo‘latov Shoxrux Kamoliddin o‘g‘li, Toshkent Stamotolgiya instituti talabasi.
Kimyo fani bo‘yicha Respublika bosqichida Toshkent farmatsevtika institutining tabasi Ma’murov Marat Jurabek o‘g‘li 4 ta turdan 233,0 ball to‘plab Respublika olimpiadasida ning 6 o‘rinni egalladi.
Kimyo fani bo‘yicha olimpiada hakamlar hay’ati nizom talablari bo‘yicha Ma’murov Maratni faxriy yorliq bilan taqdirladi.
Talabalar Respublika fan olimpiadasi II-bosqichi ishtirokchilarining ro`yxati
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Kimyo (umumkasbiy) fani, II-blok
№ | Talaba F.I.Sh | Qaysi ta`lim muassasasida o`qiydi, fakulteti, yo`nalishi, kursi | Turlar bo`yicha to`plagan balli | Jami to`plagan balli | Egallagan o`rni | |||
I-tur | II–tur | III–tur | IV–tur | |||||
1. | Sarimsaqov Abduraxmon Abdusamat o’g’li | Namangan muhandislik- texnologiya institut | 90 | 76 | 77 | 80 | 323 | 1 |
2. | Ubaydullayeva Pokiza Shuxrat qizi | Toshkent davlat texnika universiteti | 42 | 65 | 73 | 95 | 275 | 2 |
3. | Bekpo’latov Shoxruh Kamaliddin o’g’li | Toshkent davlat stomatologiya instituti | 50 | 80 | 44 | 78 | 252 | 3 |
4. | Abdubannapov Raxmatillo Madolim o’g’li | Farg’ona politexnika instituti | 50 | 54 | 59 | 78 | 241 | 4 |
5. | Jalilov Ravshanbek Qahramonovich | Toshkent yong’in xavfsizligi instituti | 48 | 54 | 51 | 83 | 236 | 5 |
6. | Mamurov Marat Jo’rabek o’g’li | Toshkent farmatsevtika instituti | 64 | 50 | 48 | 71 | 233 | 6 |