Namangan muxandislik texnologiya  institutida kimyo fani bo‘yicha 2018-yilda o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasi

19.05.2018, 17:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2949

Toshkent farmatsevtika institutining rektori buyrug‘iga ko‘ra-(№ 01-747 02.05.2018) Namangan muxandislik texnologiya institutiga kimyo fani bo‘yicha olimpiadada ishtirok etish uchun institut g‘olibi Mamurov Marat va uning rahbari noorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining dotsenti To‘xtayev X.R  yuborildi.

Institut komandasi 13.05.2018-yilda Namangan muxandislik texnologiya institutiga etib keldi. Shu kuni tashkilotchilar turli viloyatlardan va Toshkent shahridan kelgan talabalarni ro‘yxatga olishdi.14-15.05.2018-yili Namangan muxandislik instituti bazasida O‘z.R.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 7.04.2018-yil. buyrug‘iga asosan Talabalar respublika olimpiadasining 2-bosqichi o‘tkazildi. Namangan sh., Kosonsoy ko‘chasi 7-uy (tel.0369-225-1007).

14.05.2018-yil. Soat 9:00 dan 9:30 gacha  Talabalar respublika fan olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining va komandalar rahbarlari ishtirokida majlisda olimpiadani o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida majlis bo‘lib o‘tdi.

Institut komandasining rahbari dotsent To‘xtayev H.R. olimpiada o‘tkazish Mandat komissiyasining raisi etib saylandi. Nizomga muvofiq  noorganik, analitik, organik va fiz.kolloid kimyo fan materiallar bo‘yicha 50 tadan savol tuzilgan test topshir iklarini bajarish 14-may soat 9:30 dan 12:00 gacha  amalga oshirildi.

Olimpiadaning 2-turida 4 masladan iborat yozma ishni bajarish soat 14:00 dan 16:00 gacha yozildi. Shu kuni 16:00 dan 18:00 gacha olimpiadaning 3-turi kimyoning nazariy qonunlarga doir bilimlarni sinovi o‘tkazildi.

14.05.2018-yilda Olimpiada ishtirokchilari  Namangan shahridagi  “Gulchilikni rivojlantirish markazi” va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Ishoqxon to‘ra Ibrat” majmuasiga ekskursida qatnashdilar.

15.05.2018-yili kunida olimpiadadaning 4-turi laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish amalga oshirildi. Ikkita amaliy mashg‘ulotdan bittasi tanlab olindi. Ammaliy mashhulotda nomalum tuzning sifat analizi o‘tkazildi.

15.05.2018-yilda soat 16:00 da tashkiliy qo‘mitaning yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Fan olimpiadasining g‘oliblari taqdirlandi.

Olimpiadaning I, II va III-turi 2018-yilning 14-mayida, IV-turi esa 15-mayda o‘tkazildi. Barcha turlarda 42 nafar talaba ishtirok etdi. Olimpiada turlarini o‘tkazishda, tekshiruv jarayonida nizomda ko‘rsatilgan talablarga qat’iy rioya qilindi. Barcha turlar yakuniga ko‘ra quyidagi 3 ta talaba 1, 2, 3- o‘rin sohibi bo‘lishdi:

I-o‘rin: Sarimsaqov Abduraxmont – Namangan muxandislik texnologiya  instituti talabasi.

II-o‘rin: Ubaydullayeva Pokiza Shuxrat qizi, Toshkent davlat texnika universiteti talabasi.

III-o‘rin Bekpo‘latov Shoxrux Kamoliddin o‘g‘li, Toshkent Stamotolgiya instituti talabasi.

Kimyo fani bo‘yicha Respublika bosqichida Toshkent farmatsevtika institutining tabasi Ma’murov Marat Jurabek o‘g‘li 4 ta turdan 233,0 ball to‘plab Respublika olimpiadasida ning 6 o‘rinni egalladi.

     

     

     

Kimyo fani bo‘yicha olimpiada hakamlar hay’ati nizom talablari bo‘yicha Ma’murov Maratni faxriy yorliq bilan taqdirladi.

Talabalar Respublika fan olimpiadasi II-bosqichi ishtirokchilarining ro`yxati

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Kimyo (umumkasbiy) fani, II-blok

Talaba F.I.Sh Qaysi ta`lim muassasasida o`qiydi, fakulteti, yo`nalishi, kursi Turlar bo`yicha to`plagan balli Jami to`plagan balli Egallagan o`rni
I-tur IItur IIItur IVtur
1. Sarimsaqov Abduraxmon Abdusamat o’g’li Namangan muhandislik- texnologiya institut 90 76 77 80 323 1
2. Ubaydullayeva Pokiza Shuxrat qizi Toshkent davlat texnika universiteti 42 65 73 95 275 2
3. Bekpo’latov Shoxruh Kamaliddin o’g’li Toshkent davlat stomatologiya instituti 50 80 44 78 252 3
4. Abdubannapov Raxmatillo Madolim o’g’li Farg’ona politexnika instituti 50 54 59 78 241 4
5. Jalilov Ravshanbek Qahramonovich Toshkent yong’in xavfsizligi instituti 48 54 51 83 236 5
6. Mamurov Marat Jo’rabek o’g’li Toshkent farmatsevtika instituti 64 50 48 71 233 6