“Korrupsiya – kelajak avlod ta’lim tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omildir”

16.05.2018, 17:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 8370

     

     

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida tushuntirish ishlarini keng amalga oshirish maqsadida 2018yil 15may soat 15-00da institut faollar zalida professor-o‘qituvchilari va xodimlar o‘rtasida “Korrupsiya – kelajak avlod ta’lim tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omildir” hamda “Mamlakatimizda huquqiy sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar va islohatlar” mavzucida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirni institut rektori, professor I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari etakchi mutaxassisi, Korrupsiyaga qarshi kurash Respublika komissiyasi a’zosi Tursunbekov Xudoyberdi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidagi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Bosh boshqarmasi o‘ta muhim ishlari bo‘yicha tezkor vakili, podpolkovnik Tadjibayev Avazbek Ahmadullayevich, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yuridik ta’minlash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, mayor Raximov Kamoliddin Muhammadjonovichlar o‘z ma’ruzasini bilan ishtirok etishdi. “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamiyatda  yuksak huquqiy madaniyat, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish” mavzulariga katta e’tibor qaratildi.

     

Barchamizga ma’lumki, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kun har bir insondan ogohlik va hushyorlikni, atrofimizda bo‘layotgan har bir o‘zgarishlarga faol fuqrolik pozitsiyasida turib munosabat bildirishni talab etmoqda. O‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyotida shunday salbiy illatlar borki, ular davlatning iqtisodiy o‘sishiga va rivojlanishiga, erkin fuqarolik jamiyatining shakllanishiga juda katta to‘siq hisoblanadi.

     

     

Ana shunday illatlardan biri – korrupsiyadir. Bu illat jamiyatda demokratiya va huquq ustivorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlarini buzulishiga olib keladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar havfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. Shunday illatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Koorrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo‘lib, unda O‘zbekistonda korrupsiyasiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solgan. Mazkur o‘tkazilayotgan tadbirda ham mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar, qaror va farmonlarning mazmun – mohiyati, ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish choralari xususida to‘xtalib, bu borada tegishli ma’lumotlarni taqdim etishga jiddiy e’tibor qaratildi.

Tadbirda 200 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.