DVST kafedrasini Talabalar turar joyida «Kafedra kuni»

07.05.2018, 17:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2555

2018-yil 7-may kuni “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari talabalar turar joyining ma’naviyat xonasida kafedraga biriktirilgan birinchi qavat 1-8 xonalarda yashovchi talabalarni ikkinchi jaxon urushi ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlab “Kafedra kuni” tadbirini o‘tkazdilar. Tadbirda “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi mudiri prof. V.R.Xaydarov tomonidan talabalarga O‘zbekiston xalq yozuvchisi va jamiyat arbobi O‘tkir Xoshimovning “Ikki eshik orasi” romani yoritilgan qiziqarli slaydlar nomoyish etildi. Natijada tinglovchilar o‘sha davrdagi asar voqealari, personajlar, salbiy va ijobiy obrazlar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar. Prezintatsiyadan so‘ng ma’ruzachi tomonidan tinglovchilarga qiziqarli savollar berildi. Savol javoblarda faol qatnashgan 4-kurs sanoat farmatsiyasi fakulteti talabasi Azimov Shoxruxga ushbu roman kitobi taqdim etildi.