O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Etika qo‘mitasining 2018-yil 27-apreldagi  3-sonli kengash majlisi.

27.04.2018, 19:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2734

2018-yil 27-aprelda Toshkent farmatsevtika institutida etika qo‘mitasining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni etika qo‘mitasining raisi professor Ibroxim Inamovich Alimdjanov olib bordi. Majlisda qo‘mitaning ekspertlari, farmatsevtik korxonalar va tashkilotlar hamda klinik baza vakillari ishtirok etdi. Kun tartibida  3 ta ilmiy ish va 2 ta loyiha hamda farmatsevtik korxonalar va tashkilotlardan 29 ta dori vositalarining klinik sinovlarini o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.