“14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni” bayramini munosib nishonlash maqsadida “Harbiy qismdagi bir kunim” shiori ostida 2021 yil 14 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yilning 28 dekabr kunidagi 681-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash hamda Qurolli kuchlarimizning 29 yilligi munosabati bilan “14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni” bayramini munosib nishonlash maqsadida “Harbiy qismdagi bir kunim” shiori ostida 2021 yil 14 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b Z.U.Mamatqulov, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy tibbiyot fakulteti Harbiy gigiena va epidemiologiya kafedra boshlig‘i o‘rinbosari tibbiy xizmat podpolkovnigi A.G.Kudayarov, Sanoat farmatsiya dekan muovini A.Tugalov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi N.E.Yusupova hamda talabalar ishtiroki ta’minlandi.
Mazkur tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy tibbiyot fakulteti Harbiy gigiena va epidemiologiya kafedra boshlig‘i o‘rinbosari tibbiy xizmat podpolkovnigi A.G.Kudayarov Muhtaram Prezidentimiz – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, xalqimizning osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyani shakllantirish, Qurolli Kuchlarni tezkor boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, umuman, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. O‘z nutqida harbiy kasbga bo‘lgan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlash bo‘yicha eng ilg‘or harbiy xizmatchilarning hayotidan misollar va keltirib targ‘ibot ishlari olib bordi. Jami 4 nafar rahbar xodim va 45 nafar talabalar ishtirok etdi.