Xalqaro e’tirof etilgan olim.

26.04.2018, 19:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2215

Toshkent farmatsevtika institut Ekologiya va mikrobiologoya kafedrasi prof. A.Abzalov uzoq yillardan beri institut talabalariga ekologiya fanidan dars berib kelish bilan birga ular uchun o’quv qo’llanma va darsliklar yaratib kelmoqdalar. Ustozning ilmiy izlanishlari darsliklarda o’z aksini topmoqda. Prof. Abzalov Rossiya fanlar akademiyasining faxrli akademigi sifatida tan olingan, 2017-yil 10-sentyabrda Moskva shahrida o’tkazilgan O’quv qo’llanmalar xalqaro ko’rgazmasida prof. Abzalovning “Учебное пособие по Экологии” kitobi xalqaro miqqiyosida tan olinib olim medal bilan mukofotlandi.

2018-yil fevral oyida Germaniyaning frankfurt na-mayne shahrida o’tkazilgan xalqaro ko’rgazmada Rossiya fanlar akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan prof. Abzalovning ekologiya darsiga nemis va boshqa olimlar tomonidan tan olinib xalqaro miqqiyosidagi mukofot bilan taqdirlandi.

Toshkent farmatsevtika institut jamoasi Prof. Abzalov yutuqlari bilan fahrlanadi.