Toshkent shahar Shayhontoxur tumani 254-sonli umumta‘lim maktabining o’qituvchi va o’quvchilarining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi

23.01.2020, 17:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1830

2020-yil 23-yanvar kuni Toshkent  farmatsevtika  institutiga Toshkent shahar Shayhontoxur tumani 254-sonli umumta‘lim maktabining o’qituvchi va o’quvchilari tashrif  buyurdilar.

Tashrif  buyurgan maktab o’quvchilariga  „Ilm-ezgulik kaliti“ mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkiletildi. Unda Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori X.R.To’xtayev, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professori Z.A.Nazarova, kafedra assistenti N.X.Tashpulatova va professor Q.A.Ubaydullayevlar so’zga chiqib mavzu yuzasidan o’quvchilarga ma’lumotar berib ularga farmatsevtika sohasi uning afzalliklari haqida ham qisqacha ma’lumot berib o’tdilar. Shuningdek Tadbirdan so’ng o’quvchilar uchun  Noorganik, fizik va kolloid kimyo va  Dori turlari texnologiyasi kafedralarida mahorat darslari o’tkazildi.

    

 Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi

                                               Dori turlari  texnologiyasi  kafedrasi

                                                Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova