Toshkent Farmatsevtika institutida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 11-maydagi 87-03-1899-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Organik va biologik kimyo kafedrasi tashabbusi bilan institut professor-o’qituvchilari va talabalari o`rtasida “Saylov kodeksi“ning mazmun mohiati mavzusida rejalashtirilgan ma`naviy -ma’rifiy tadbirning o’tkazilganligi to’g’risida ma`lumot

21.12.2019, 14:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1491

Toshkent Farmatsevtika institutida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 11-maydagi 87-03-1899-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida va Toshkent Farmatsevtika instituti talabasi – yoshlari o`rtasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27-yilligi munosabati bilan  “Konstitutsiya targ`ibot oyligi“ doirasida ma`naviy -ma’rifiy uchrashuvlar chora- tadbirlari rejasiga asosan Organik va biologik kimyo kafedrasining tashabbusi bilan institut professor-o’qituvchilari va talabalari o`rtasida 2019-yil 18-dekabr kuni soat 12-00 da institutning kichik faollar zalida O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasi  a`zosi  Fayzieva Dilorom Xusnutdinovna bilan “Saylov kodeksi” ning mazmun mohiati ma’zusida rejalashtirilgan ma`naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda t.f.d., professor S. Saidov, organik va biologik kimyo kafedrasining professor-o’qituvchilari va farmatsiya yunalishining 2-3 kurs talabalari ishtirok etishdi.

        Fayzieva Dilorom Xusnutdinovna uchrashuvda 145-Bodomzor saylov okrugidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodliklarini tavsiy etaoytganliklari va “Davlat ham islohotlar ham insonga xizmat qilishi kerak” mavzusidagi printsiplarga asosan ish olib borishligi, O`zbekistonda saylov o`tkazilishining tartiblari va fuqarolarning burshi, huquqlari, hozirda 150 ta saylov okruglari ish olib borayotganligi va o’zlarining faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarini etkazib berdi.

        Fayzieva Dilorom Xusnutdinovning tadbirimiz davomida olib borgan davra suhbatlari ushrashuv ishtirokchilariga yuqori saviyali bilimga ega ekanliklari va xalq manfaati yo’lida ilgarigi surayotgan g’oyalari dolzarb muammolardan ekanligi bilan yaxshi ta`surot qoldirdi.

 

     

Organik va biologik kimyo kafedrasi: Karimov A