Toshkent farmatsevtika institutida 2018-yil 7-aprel kuni “Navro‘z–qadimgi qadriyatlar tarovati” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

12.04.2018, 11:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2201

Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Asrlar davomida el-yurtimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan Navro‘z mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmunga ega bo‘lib, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylandi.
Navro‘z bayramining beqiyos ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini hisobga olib hamda ushbu qutlug‘ ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:

Toshkent farmatsevtika institutida 2018-yil 7-aprel’ kuni soat 1500 da talabalarni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, professor-o‘qituvchilar xamda xodimlar jamoasini milliy bayram bilan tabriklash maqsadida “Navro‘z – qadimgi qadriyatlar tarovati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent farmatsevtika institutining rektori I.I Alimdjanov so‘zga chiqdi va tadbirni ko‘tarinki ruxda ochib berdi xamda institut jamoasi va  talabalarni bayram bilan tabrikladi. Bayram tadbirini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida san’atkorlar va so‘z ustalari taklif etildi.

Kechaning badiiy qismini “O‘zbekiston” telekanali boshlovchisi Tolibjon Isroilov olib bordi. Tadbirni “Farxod va SHirin” guruxi xamda xonanda Maxmud Namozov chiroyli kuy-qo‘shiqlar bilan davom ettirdilar.

Shuningdek tadbirda o‘z mehnati kasbiy qobiliyati bilan institut jamoasiga namuna bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va xodimlardan bir guruxi faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.