Toshkent farmatsevtika instituti magistratura va bakalavriat talabalarining xalqaro bo‘lim boshlig‘i bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

10.04.2018, 19:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2165

Bugun Toshkent farmatsevtika instituti magistratura va bakalavriat talabalarining xalqaro bo‘lim boshlig‘i bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bunda xalqaro bo‘lim boshlig‘i Saliev A.R. tomonidan talabalarga dual o‘qitish, chet el grantlari, nomdor stependiyalar va kasbga yo‘naltirilgan jamoalardan to‘g‘ri foydalanish haqida batafsil axborot berildi. Shuningdek, chet el universitetlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yish va uning ijobiy tomonlari yoritildi. Magistratura talabalarida chet elda maqolalar chop etish haqidagi ma’lumotlar katta qiziqish uyg‘otdi.  Talabalarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida talabalar almashinuvi va PhD ilmiy darajasini olish uchun mo‘ljallangan dasturlar qiziqtirib, ular bilan qiziqarli muloqot o‘tkazildi.