Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi tomonidan TTJda “Kafedra kuni” o‘tkazildi

16.11.2019, 11:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1467

2019 yil 14 noyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti № 1 sonli talabalar turar joyida “Kafedra kunlari”ni tashkil etish rejasi asosida farmakologiya va klinik farmatsiya  kafedrasi mudirasi Z.T.Fayzieva raxbarligida, dotsentlar N.V.Щilsova va R.Z. Umrzakova, katta o‘qituvchilar F. A. Saydalieva va R.X.Sultonova,  assistentlar G‘.Moyliev, X.A.Davronova va G.A.Alimdjanovalar tomonidan o‘tkazildi. Mazkur tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga  ”Alkogolizm va narkomaniya bugungi kun dolzarb muammosi” mavzusida     davra suhbati, qishga tayyorgarlik, texnika xavfsizligi va yong‘inga karshi chora  va shu masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Alkogolizm va narkomaniya bugungi kun dolzarb muammosi” mavzusi buyicha R.X.Sultonova so‘zga chiqib, Alkogolizm va norkomaniyaning bugungi kundagi muammolar orasida dolzarbligi, kelib chiqishi, simtomlari , davolash va olini olish chora tadbirlar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida qizg‘in munozara bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga o‘qituvchilardan qoniqarli javoblar olishdi.

Davra suhbatida Toshkent Farmatsevtika instituti psixologi Komila Axrorova va tarbiyachi pedagog Nigora YUsupovalar ham ishtirok etishdi. Talabalar psixolog va tarbiyachi pedagogga ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar berib, qoniqarli javoblar olishdi.

 

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova