Toshkent farmatsevtika instituti bilan Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti o‘rtasida farmatsiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbek-Rossiya ta’lim fakultetiga onlayn hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

19.09.2020, 13:09 E'lonlar, Institut yangiliklari, Yangiliklar 1979

Toshkent farmatsevtika instituti bilan Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti o‘rtasida farmatsiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbek-Rossiya  ta’lim fakultetiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari 2020-yil 25-sentabr soat 800 dan 1100 gacha bo‘lib o‘tadi. Abiturientlarni imtihon bo‘ladigan hududga kiritish soat 6:30 dan 7:40 gacha davom etadi.

Test sinovlari Toshkent farmatsevtika instituti hududida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi 45-uy.

Test sinovlari kimyo (3,1 ball), biologiya (2,1 ball), rus tili va adabiyoti (1,1 ball) fanlaridan o‘tkaziladi. Abituriyentga har bir fandan 30 tadan savol beriladi.

Abituriyentlar test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi pasport bilan kelishlari shart.

Belgilangan vaqtdan kech qolgan yoki yonida telefon, mikrokalkulyator, elementlar davriy sistemasi, ma’lumotnoma va shpargalkalar mavjudligi aniqlangan abituriyentlar test sinovlariga kirgizilmaydi.

Qabul komissiyasi