“Teatr – ma’naviyat o‘chog‘i”

21.04.2018, 15:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2531

2018-yil 19-aprel kuni soat: 18:00 da Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya yo‘nalishi  1-kurs 6/1, 6/2-guruh talabalari va gurux murabbiysi R.SH.Zaripova O‘zbekiston Milliy drama teatriga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida Mannon Uyg‘ur nomidagi Surxandaryo viloyati musiqa drama teatri tomonidan tayyorlangan “Alpomishning qaytishi” nomli spektakl namoyish etildi. Bu kabi tadbirlar talabalarning nafaqat bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi balki teatr san’atining yoshlar ta’lim –tarbiyasidagi ahamiyati, ular qalbida yurtga sadoqat, milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizga bo‘lgan sadoqat singari tuyg‘ularning qaror topishiga zamin yaratiladi. Spektakl  jarayonida ham mana shu singari g‘oyalar et’tirof etildi. Namoyish etilgan “Alpomishning qaytish” spektaklini talabalar maroq bilan tomosha qilib, ularda  ijobiy taassurot qoldirdi.