Talabalar turar joylari

“Toshkent farmatsevtika talabalar turar joyi”

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga etkazishga ko‘maklashishdan iborat ekan, bu borada yurtimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi va kasb tanlash borasidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, sport inshootlari zamon talablari darajasida bunyod etilib, etarli shart-sharoitlar bilan to‘liq ta’minlanmoqda. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan Toshkent farmatsevtika institutida ham so‘ngi 2 yil davomida bunyodkorlik, obodonlashtirish va o‘quv binolarida qayta ta’mirlash ishlari olib borildi.

Institut hududida qayta ta’mirlangan va zamonaviy shart-sharoitlarini o‘zida mujassam etgan 1-talabalar turar joyi tubdan yangi qiyofa kasb etdi. Yangi barpo etilgan 1-talabalar turar joyi zamonaviy turur joyga aylantirish barobarida, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. SHuningdek, 1-talabalar turar joyida ham ta’mirlash ishlari olib borilib, talabalarning yashashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.

Toshkent farmatsevtika instituti hududida ikkita talabalar turar joyi (TTJ) mavjud bo‘lib, ular 1969 va 1977 yillarda qurilgan. 2019 yil 26 oktyabr kuni 1-sonli talabalar turar joyi kapital ta’mirdan chiqib, talabalarga foydalanish uchun topshirildi. Institutning 1- va 2-sonli talabalar turar joylari 4 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatida ikkitadan oshxona, yuvinish  xonalari va hojatxonalar  mavjud.  Talabalar uchun barcha qulayliklardan iborat bo‘lgan ushbu talabalar turar joylariningg umumiy sig‘imi 670 nafar talabaga mo‘ljallangan. Chet el hamda qo‘shni respublikalardan kelib institutda tahsil olayotgan talabalar soni 42 nafar bo‘lib, ularning deyarli ko‘p qismi talabalar turar joyida istiqomat qiladi. SHuningdek, akademik almashuv dasturlari doirasida kelgan xorijiy talabalar uchun talabalar turar joyidan xonalar ajratilgan.

Talabalar turar joyining har bir qavatlardagi dam olish joylari yumshoq mebel va televizorlar bilan jihozlangan. TTJda kir yuvish xonalari mavjud bo‘lib, ularda avtomat kir yuvish mashinalari o‘rnatilgan, shuningdek kiyim dazmol qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

TTJlari binolarining 1-qavatida beshta muhim tashabbusga yo‘naltirilgan 4-tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish xonalari joylashgan bo‘lib, talabalar muntazam ravishda foydalanib kelmoqda. Bu erda 670 nomdagi o‘quv-uslubiy, 310 nomdagi badiiy adabiyot, 16 nomdagi gazeta va jurnallar mavjud. TTJlarda 3-tashabbus, ya’ni Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish xonalari mavjud bo‘lib, elektron o‘quv-uslubiy adabiyotlardan foydalanish uchun 19 ta kompyuter internet tarmog‘iga ulangan va Wi-Fi zonalari talabalar uchun ishlab turibdi. Iqtidorli talabalarning bor imkoniyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida 3-qavatda 1-tashabbus, ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr san’atiga qiziqishlarini oshirish xonalari to‘liq foydalanish uchun institutning “Yosh farmatsevtlar” teatr jamoasiga topshirilgan. TTJlarda sport bilan shug‘ullanish uchun maxsus xona yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish, ya’ni 2-tashabbus xonasi faoliyatni yo‘lga qo‘ygan va talabalar foydalanishi uchun sport anjomlari bilan jihozlangan. 1-sonli TTJning 4-qavatida Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5-tashabbus xonasi joylashgan bo‘lib, unda talaba-qizlarga hunar o‘rgatish maqsadida mas’ullar tomonidan tikuvchilik va to‘quvchilik to‘garaklari tashkil etilgan. Qavat oshxonalarida “Pazzandalik sirlari” to‘garagi tarbiyachi-pedagog N.Yusupova tomonidan har chorshanba va juma kunlari soat 16-00 da olib boriladi.

     

     

Toshkent farmatsevtika instituti talabalar turar joyi jami 300 nafar talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda 1-qavatda joylashgan moddiy ta’minot bo‘limlari TTJdan chiqib ketganligi tufayli 3 ta xona ta’mirlanib talabalarga berildi. Hozirgi kunda talabalar turar joyida 348 ta talaba ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan 199 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lib, 149 nafarini qizlar tashkil qiladi. Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirishda institut kasaba uyushma qo’mitasi, xotin-qizlar qo‘mitasi faol ishtirok etadi.

Talabalar turar joyida viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talaba-yoshlar yashashlari va dam  olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Institutimizni avvalgi  rektorlari, professor Yunusxo‘jayev Axmadxo‘ja Nigmanovich, professor  Jalilov Habibulla Karimovich rahbarligida va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovichning sa’y-harakatlari tufayli qisqa vaqt ichida juda katta ta’mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik  ko‘rish  maqsadida yozgi ta’til paytida talabalar turar joyida quyidagi ta’mirlash ishlari olib borildi:

  1. talabalar turar joyi oldidagi devorlar qayta  ta’mirlanib bo‘yaldi;
  2. talabalar  turar joyi devori pastki qismi bo‘yaldi;
  3. 1-2-3-4-qavatlardagi fayelar, qavatlarga chiqish zinalari hamda yo‘laklar poli to‘liq bo‘yaldi;
  4. Ayrim joylarida singan kafellar o‘rni yangi kafellar bilan almashtirildi.
  5. oshxonalari hamda yo’laklarining plintuslari to‘liq bo‘yaldi.

        Talabalar turar joyidagi xonalar muntazam ravishda tuman sanitariya  markazi mutaxassislari tomonidan dizenfeksiya qilinadi.

     

     

TALABALAR TURAR JOYIDA OLIB BORILAYOTGAN  MA’NAVIY – MA’RIFIY TADBIRLAR.

TTJda yashovchi talabalar tomonidan saylanadigan, 25 nafar talabalardan iborat Talabalar birlashgan Kengashi  o‘z faoliyatini olib boradi.  Kengash a’zolariga zaruriy vazifalar yuklatilgan bo‘lib, hozirgi kunda samarali ish yuritishmoqda. Talabalar birlashgan Kengashiga yordamchi tarzda TTJda yashovchi yuqori kurs talabalariga ma’lum bir xonalar biriktirilgan. Talabalar Kengashi rahbariyat tomonidan tasdiqlangan  TTJda o‘tkaziladigan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar yillik ish rejasi asosida ish yuritadi.

Talabalar Kengashi talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy tadbirlar, Davlat arboblari, olimlar, yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish,  institut hududini obodonlashtirish ishlarida, o‘quv uslubiy ishlarda (til o‘rgatish to‘garaklari) va sport mashg‘ulotlarida faol qatnashmoqda. TTJda joylashgan ma’naviyat xonalari, kutubxona va sport zali muntazam ishlab turibdi. Hozirgi kunda talabalar rahbarligida ingliz tili, rus tili,  moxir qo‘llar to‘garaklari  va zakovat klubi  ishlab kelmoqda. TTJ sport zalida va  sport maydonchalarida talabalar sportning kurash, gimnastika, voleybol va futbol  bilan shug‘ullanib, o‘zlarining sog‘liqlarini mustahkamlab, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishmoqda.  Darsdan bo‘sh vaqtlarida 11 nafar talaba Nodavlat ta’lim muassasasida til o‘rganishmoqda, 50 nafarga yaqin talaba esa shahrimizda joylashgan dorixonalarda  ish o‘rganishmoqda  va ishlashmoqda.

     

     

     

     

     

Talabalar turar joyida institut rektori tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvali asosida professor-o‘qituvchilar soat 1800-800 gacha TTJda navbatchilik o‘tkazib, talabalarni tinchligini ta’minlab, dam olish vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil qilgan holda talabalar bilan turli ma’naviy tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazib kelmoqda.

Institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori va O‘quv ishlar bo‘yicha prorektorlari tomonidan tasdiqlangan va fakultet dekanlari bilan kelishilgan holda talabalar turar joyi atrofini ozodaligini, turar joyida tozalik va tartib-intizomni saqlash  maqsadida  talabalar  navbatchiligi tashkil qilingan.

Institut rahbariyati tomonidan institut kafedralariga  ma’lum tartibda xonalar biriktirilgan. Kafedralarning professor – o‘qituvchilari fakultet dekanlari tomonidan tasdiqlangan TTJda o‘tkaziladigan  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yillik rejasi asosida o‘zlariga biriktirilgan xonalarda yashovchi talabalar bilan muntazam ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar o‘tkazib kelishmoqda, ularni yashash sharoitlarini o‘rganib, tegishli  yordamlarini berishadi.

Institut professor-o‘qituvchilari o‘zlari rahbarlik qilayotgan guruh talabalarini yashash sharoitlaridan tez-tez xabar olib, ular bilan tegishli mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqdalar.

27.06.2020, 13:47 19484