Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

Shodmonov Kamoliddin Kazakdjonovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Dushanba,Chorshanba,Juma (13:30-16:30)

Tel.:

(0 371) 256-93-35

Veb-sayt:

KAFEDRA TARIXI

Toshkent farmatsevtika instituti tashkil etilgandan (1937-yil.) to 1948-yilgacha fizika va matematika fanlari Toshkent tibbiyot institutining fizika kafedrasi bazasida o’qitilgan. 1948-yildan boshlab ma’ruzalar Toshkent farmatsevtika instituti bazasida fizika va matematika kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, prof.V.N.Mixalkov tomonidan o’qilgan, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari esa o’rindosh o’qituvchilar (katta o’qituvchi S.S.Rumi, assistentlar V.A.Litosh, V.I.Nogornov, M.G.Gaziyev, Ya.I.Postupalskiy tomonidan ToshMIning fizika kafedrasi bazasida o’qitilgan. 1958-yili Toshkent farmatsevtika instituti bazasida mustaqil fizika va matematika kafedrasi tashkil etilidi, unga kafedra mudiri etib, O’zFAning muxbir a’zosi, dotsent I.I.Islomov tayinlangan. Bu vaqtda kafedraning moddiy-texnik bazasi bo’lmagani uchun laboratoriya asosan ToshMIning fizika kafedrasi bazasida assistentlar V.A.Litosh, V.I.Nogornov, M.G.Gaziyev, va S.S. Azizovalar tomonidan olib borilgan.

Keyinchalik 1960-yilda kafedraga mudir etib, fizika-matematika fanlari nomzodi S.G.Chernomorchenko, so’ngra 1980-yilda kafedra mudiri etib, biologiya fanlari nomzodi P.I.Isayev saylandi. 1992-yilda fizika va matematika kafedrasi ikkita kafedraga: «Oliy va amaliy matematika» va «Fizika» kafedralariga ajratildi.

1992-2004 yillar davomida «Oliy va amaliy matematika» kafedrasiga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Z.Ilxomov, 2004-2005 yillari M.Pozilov mudirlik qildilar, «Fizika» kafedrasiga esa 1992-1996 yillarda dotsent A.K.Saakova, 1996-2000 yillarda dotsent B.Sapayev, 2000-2005 dotsent N.X.Ulug’murodovlar mudir bo’lib faoliyat olib borishgan. 2005-yildan yana bu ikki kafedra birlashtirilib «Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi» deb atala boshlandi. 2005-2009 yillarda kafedrani texnika fanlari nomzodi, dotsent N.X.Ulug’murodov, 2009-2015 yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent X.Sh.Ilxomov, 2015-2016 yillarda texnika fanlari doktori, dotsent S.Yo.Inog’omov mudirlik lavozimida faoliyat yuritishdi.

2016-yil avgust oyidan hozirgi kungacha kafedraga kimyo fanlari nomzodi, dotsent K.K.Shadmanov mudirlik qilmoqda.

MUDIR HAQIDA MA’LUMOT VA ERISHGAN YUTUQLARI.

Shodmonov Kamoliddin Kazakjonovich – kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1983-yilda Toshkent Davlat universitetini, Fizika mutaxasisligini tugatgan. 1998-yildan buyon ilmiy faoliyat olib bormoqda.

1983–2004 yillarda Butunittifoq meditsina sanoati ilmiy tekshirish institutuda (A.S.Sultonov nomidagi kiyo-farmatsevtika ilmiy-ishlab chiqarish instituti) kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim bo’lib faoliyat olib bordi.

2004–2008 yillarda IP “Xiva”da bosh direktor.

2008–2013 yillarda OOO “Color IT Design inc” da tijorat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.

2013–2016 yillarda Toshkent farmatsevtika instituti, “Biotexnologiya” kafedrasi dotsenti. 2016-yildan hozirga vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri.

50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, ulardan 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 dan ortig‘i chet elda chop etilgan, 10 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma, bir necha patent va avtorlik guvohnomalar muallifi.

KAFEDRA SHU VAQTGA QADAR ERISHGAN YUTUQLARI

Mustaqillik davrida kafedra yangi texnik jihozlar bilan boyidi, ya’ni o’quv va ilmiy ishlar uchun zarur bo’lgan asboblar va jihozlar olinib, institut bazasida to’liq o’quv jarayoni bilan birgalikda ilmiy ishlar ham yo’lga qo’yildi. Kafedrada dastlab, Farmatsiya fakulteti talabalariga 3 ta fan fizika, biofizika va matematika fanlari o’qitilgan bo’lib, hozirgi kunda esa Farmatsiya va Sanoat farmatsiyasi fakul’tetlari talabalariga 12 ta fan (Fizika, Oliy matematika, Farmatsevtikada axborot texnologiyalari, Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, Texnologik jarayonlarni optimallashtirish, Amaliy mexanika, Muxandislik grafikasi, EXMni biotexnologiyaga qo’llash, Elektrotexnika, Metrologiya va standartizatsiyalash, Axborot texnologiyalari, Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) namunaviy va ishchi dasturlar asosida o’qitilmoqda.

KAFEDRA JAMOASI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT

Hozirgi vaqtda kafedra mudiri, dotsent K.K. Shadmanov rahbarligida kafedrada 21 ta professor-o’qituvchilar faoliyat yuritayotgan bo’lib, ulardan texnika fanlari doktori, professor S.Yo.Inog’omov, dotsentlar F.A.Mirbabayev, N.X.Ulug’murodov, B.A.Abduraxmonov, N.T.Qodirova, t.f.n. R.I.Xurramova, katta o’qituvchilar Sh.T.Ilyasov, A.S.Baydullayev, N.B.Sodiqova, N.X.Samigova, Z.B.Tursunova, D.A.Sunnatova, Q.K.Maxkamov, F.N.Ulugmurodova, o’qituvchilar Sh.Sh.Sattorov, G.A.Qodirova, M.Z.Sadullayeva, S.I.Djurayeva, E.E.Radjabov, A.T.Tursunovlar talabalarga turli fanlardan bilim berib kelishmoqda.

Kafedraning 2019 yildagi professor-o’qituvchilar jamosi.

“FIZIKA” BO’LIMI

 Shadmanov Kamoliddin Kazakjanovich

Lavozimi: Kafedra muduri, k.f.n. dos

Tug‘ilgan vaqti: 05.04.1961-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: Shadman@mail.ru

1978-1983 y.ToshDU talabasi. 1983–2004 yillarda Butunittifoq meditsina sanoati ilmiy tekshirish institutuda (A.S.Sultonov nomidagi kiyo-farmatsevtika ilmiy-ishlab chiqarish instituti) kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim. 2004–2008 yillarda IP “Xiva”da bosh direktor. 2008–2013 yillarda OOO “Color IT Design inc” da tijorat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari. 2013–2016 yillarda Toshkent farmatsevtika instituti, “Biotexnologiya” kafedrasi dotsenti. 2016-yildan hozirga vaqtgacha “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri.
Inog‘omov Sobit Yoqubjonovich

Lavozimi: Kafedra professori, t.f.d.

Tug‘ilgan vaqti: 30.10.1957-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: sabitjan1957@mail.ru

1976-1981 yy. ToshDU. 1975-1992 yy. – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislari instituti, fizika kafedrasi laborant va laboratoriya  boshlig‘i, kichik xodim, ilmiy xodim. 1992-1993 yy. – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Suv muammolari institutida ilmiy xodim. 1993-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti “Fizika” kafedrasi assistenti, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, Agrobiotexnologiya fakulteti dekani, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi.
Ulug‘murodov Nor Xudoyqulovich

Lavozimi: Kafedra dotsenti, t.f.n.

Tug‘ilgan vaqti: 13.08.1948-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: ulug’murodov.n@mail.ru

1964-1969 y. Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi, 1977-1982 y. Toshkent davlat universiteti talabasi. 1969-1973 yy .- Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, A.Navoiy nomli  13-maktab o‘qituvchisi, 43-maktab o‘qituvchisi, 1973-1974 yy. – Xarbiy hizmatda, 1974-1977 yy. – Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani 43-maktab o‘qituvchisi, 94-kasb- xunar bilim yurti o‘qituvchisi, 1977-1981 yy. – Toshkent shahar 262-o‘lchov texnika laboratoriyasi katta muhandisi, 1981-1986 yy. – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti katta laboranti, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, 1986-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti “Fizika” kafedrasi assistenti, katta assistenti, dotsenti, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, kafedra dotsenti.
Qodirova Nazokat Turayevna

Lavozimi: Kafedra dotsenti, t.f.n.

Tug‘ilgan vaqti: 13.08.1969-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: nazokat_farmi@mail.ru

1986-1991 yy SamDU talabasi. 2016-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent Farmasevtia instituti “Fizika, matematika va AT” kafedrasida dosenti.
Sodiqova Nargiza Baxtiyorovna

Lavozimi: Katta o‘qituvchi

Tug‘ilgan vaqti: 02.07.1973-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: S_nargiza1973@mail.ru

1990-1995 yy. ToshDU talabasi. 1995-yildan hosirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti “Fizika” kafedrasi laboranti, assistenti, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta ‘qituvchisi.
Tursunova Zuxra Botirovna

Lavozimi: Katta o‘qituvchi

Tug‘ilgan vaqti: 03.01.1972-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: farmtursunovaz@mail.ru

1989-1994 yy. ToshDU talabasi. 1995-2002 yy. – Toshkent viloyati, Krasnogorsk shahri, 47-maktab o‘qituvchi. 2002-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti, “Fizika” kafedrasi o‘qituvchisi, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Sattorov Shuxrat Shokirovich

Lavozimi: Assistent

Tug‘ilgan vaqti: 13.02.1963

Telefon: 71-256-29-35

email:

1980-1985 yy. ToshDU talabasi. 1985-1987 –Toshkent «Foton» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi texnolog-injener. 1987-1992 yy. Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy xodim, o’qituvchi. 1992-2002 yy. – Toshkent shahar. 238-maktab o’qituvchisi. 2003-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi kabinet mudiri, kafedra assistenti.

 

“MATEMATIKA” BO’LIMI

Abduraxmonov Baxrom Alisherovich

Lavozimi: Kafedra dotsenti, f-m.f.n.

Tug‘ilgan vaqti: 05.03.1975-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: bakhromjon@ramrbler.ru

1992-1997 yy. Namangan Davlat universiteti talabasi. 1997-1998 yy. – Namangan viloyati, Chust tumani, 43-maktab o‘qituvchisi. 1998-1999 yy. – Namangan Davlat universiteti stajyor-tadqiqotchisi. 1999-2002 yy. – O‘zFA Matematika instituti aspiranti. 2002-2007 yy. – O‘zFA Matematika instituti “Amaliy matematika” bo‘limi kichik ilmiy xodimi. 2007-2010 yy. – O‘zFA Matematika instituti “Amaliy matematika” bo‘limi katta ilmiy xodimi. 2010–2014 yy. –TATU qoshidagi 2-sonli akademik litsey bosh o‘qituvchisi. 2014 –h.v. – ToshFarmI Fizika, matematika va AT kafedrasi  dosenti v.b.
Samigova Nodira Xamidullayevna

Lavozimi: Katta o‘qituvchi

Tug‘ilgan vaqti: 10.07.1972-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: n.samigova@mail.ru

1989-1994 y. Toshkent davlat universiteti talabasi. 1994-2001 yy. – Toshkent shahridagi 20-maktab o‘qituvchisi. 2001 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika instituti “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi.
Sunnatova Dilfuza Abatovna

Lavozimi: Katta o‘qituvchi

Tug‘ilgan vaqti: 18.07.1975-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: mirmah@mail.ru

1992-1997 yy. Toshkent davlat universiteti talabasi.1997-2013 y.-Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti. 2013 y h.v-Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchi.
Sadullayeva Mavjuda Ziyadullayevna

Lavozimi: O‘qituvchi

Tug‘ilgan vaqti: 11.07.1975-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: mavjuda1975m@mail.ru

1992-1997 yy ToshDU talabasi. 1997-2017 yy. Toshkent avtomobil yo`llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Matematika kafedrasi assistenti. 2017-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika  institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari”  kafedrasi  assistenti.

 

“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” BO’LIMI

    Narzullayev Davron Zikrillayevich

Lavozimi: Kafedra dotsenti, t.f.n.

Tug‘ilgan vaqti: 18.08.1960-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: fd-6072@mail.ru

1977-1982 yy. ToshDU talabasi. 1982-2014 yy. Toshkent Davlat texnika universiteti, Informatika kafedrasi dotsenti.  2014-2016 yy. Toshkent avtomobil yo`llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Matematika va informatika kafedrasi dotsenti. 2016 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika  institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari”  kafedrasi  dosenti.
Rasuleva Maprat Rafiqovna

Lavozimi: O‘qituvchi.

Tug‘ilgan vaqti: 07.04.1964-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail:

1986-1991 y. Toshkent politexnika instituti (ToshPI) talabasi. 1985-1986 yy, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani paxta zavodining ishchisi. 1992-1996 yy. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ shahridagi 77-sonli o‘rta maktabning o‘qituvchisi. 1996-2006 yy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kibernetika institutining yetakchi muhandisi, kichik ilmiy xodimi. 2006-2007 y.Toshkent avtomobil yo‘llar institutining katta o‘qituvchisi. 2007- 2013 yy Toshkent davlat yuridik institutining “Huquqiy informatika va informatsion texnologiyalar” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2014-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dosenti.
Ilyasov Shokir Tuychiyevich

Lavozimi: Katta o‘qituvchi

Tug‘ilgan vaqti: 13.07.1948-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: sh_ il@ramrbler.ru

1966-1971 y. Toshkent politexnika instituti (ToshPI) talabasi. 1971-1972 yy. – ToshPI, hisoblash markazida smena injeneri. 1972- 1973 yy. – ToshPI hisoblash markazida smena boshlig‘i. 1973-1982 yy. ToshPI, hisoblash markazining boshlig‘i. 1982-2002 yy. ToshPI, energetika fakulteti o‘quv-hisoblash zalining boshlig‘i. 2002–2005 yy. ToshDTU, elektr energetika fakultetining dekan muovini. 2005-2016 yil 1 dekabrgacha ToshDTU, energetika fakulteti, «EEE» kafedrasining katta o‘qituvchisi. 2017-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari”  kafedrasi  katta o’qituvchi.
Baydullayev Abduraxmon Serikovich

Lavozimi: Katta o‘qituvchi

Tug‘ilgan vaqti: 07.01.1967-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: baidullaev_a@mail.ru

1984-1985 yy. ToshDU talabasi. 1985-1987 yy. Xarbiy xizmatda. 1985-1991 yy. ToshDU talabasi. 1991-1994 yy. – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislari instituti (TIQXMMI), “Hisoblash texnikasi va programmalash” kafedrasi laboranti, dasturchi-mixandisi. 1994-yildan hozirgi kungacha Toshkent farmatsevtika instituti, Ta’limning texnik vositalari (TTV) laboratoriysi dasturchi-muxandisi, “Test markazi” muxandis-dasturchi, bo‘lim boshlig‘i, “Test markazi” boshlig‘i, “Axborot texnologiyalari va masofaviy o’qitish markazi” boshlig‘i, “Axborot texnologiyalari” markazi boshlig‘i, Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti muxandisi, Fizika, metematika va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi.
Qodirova Gulchexra Aliaskarovna

Lavozimi: Katta o‘qituvchi

Tug‘ilgan vaqti: 06.02.1971-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: gulchekhra71@mail.ru

1989-1995 yy ToshDU talabasi. 1995-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari”  kafedrasi  assistenti.
Xalilova Shoira Saydikarimovna

Lavozimi: Assistent

Tug‘ilgan vaqti: 01.03.1973-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail:

2002-2012 yy. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti bakalavr, magistratuta talabasi. 2004-2007 yy. Toshkent Davlat Aviatsiya institute, “Matematika” kafedrasida operator. 2007-2011 yy. Toshkent farmatsevtika institutida FITQ kafedrasida kabinet mudiri. 2015-2017 yy. TKTI qoshidagi akademik litseyi kata o’qituvchisi. 2017-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi  assistenti.
Radjapov Elmurod Egamberganovich

Lavozimi: Assistent

Tug‘ilgan vaqti: 10.09.1986-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: elmurod-1009@mail.ru

2009-2016 yy. O’zbekiston Milliy Universiteti (O’zMU) bakalavr, magistratura talabasi. 2013-2014 yy. – Toshkent Iqtisodiyot va Servis kolleji o‘qituvchisi. 2014-2017 yy. – Toshkent shahridagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi. 2017 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika  institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.
Tursunov Alisher Tulqunovich

Lavozimi: Assistent

Tug‘ilgan vaqti: 28.08.1987

Telefon: 71-256-29-35

e-mail: tursunov_077@mail.ru

2005-2012 yy. Toshken Davlat texni universiteti (TDTU) bakalavr, magistratura talabasi. 2009-2010 yy. – «O’zbekenergo» DAK mutaxasis. 2012-2013 yy. – Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Sanoat va biznes” KHK, katta o‘qituvchisi. 2013-2014 yy. – Toshkent Iqtisodiyot KHK, monitoring bo‘limi boshlig‘i. 2014-2016 yy. –  Toshkent  Davlat iqtisodiyot Universiteti, “Ijtimoiy sohalar” kafedrasi assistenti. 2017-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika institutining  “Fizika matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.
Aliyeva Nodira Maxkampo’latovna

Lavozimi: Assistent

Tug‘ilgan vaqti: 23.02.1971

Telefon: 71-256-29-35

e-mail:

1988-1993 yy.  Toshken Davlat texnika universiteti (TDTU) talabasi. 1998-1999 yy. Qibray 1- kasb-hunar litseyi laboranti, 1999-2009 yy. Qibray qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji informatika o’qituvchisi, 2010-2012 yy. “Mediya” xususiy korxonasi ish yurituvchisi, 2012-2015 yy. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti “Axborot texnologiyalar” kafedrasi assistenti, 2015-2019 yy. Yunusobod dizayn KHK informatika va AT o’qituvchisi, 2019-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika institutining  “Fizika matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.

“MUXANDISLIK GRAFIKASI” BO’LIMI

Abidova Feruza Nor qizi

Lavozimi: Katta o‘qituvchi

Tug‘ilgan vaqti: 03.11.1981-yil

Telefon:71-256-29-35

e-mail: Abidovaf81@mail.ru

2002-2009 yy. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYESI) bakalavr, magistratura talabasi. 2009-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti, katta o’qituvchisi.

O’QUV YORDAMCHI XODIMLAR

Yalg’asheva Shirinxol Usarovna

Lavozimi: Kabinet Mudiri

Tug‘ilgan vaqti: 01.05.1970-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail:

2006-yilda pedagogika kollejni tamomlagan. 2017-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot  texnologiyalari” kafedrasi  laboranti.
Xayitboyeva Nodira 

Lavozimi: Lobarant

Tug‘ilgan vaqti: 01.05.1996-yil

Telefon: 71-256-29-35

e-mail:

2006-yilda pedagogika kollejni tamomlagan. 2017-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot  texnologiyalari” kafedrasi  laboranti.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN O‘QUV-USLUBIY FAOLIYAT HAQIDA MA’LUMOT.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

Matematika va matematik statistika; (1-2 kurs);

Fizika; (1-2 kurs bio);

Chizma geometriya va muxandislik grafikasi; (1-kurs);

Farmatsevtikada informatsion tizimlar(1-2-3 kurs);

Аmaliy mexanika (2-kurs);

Аxborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish (2-kurs);

Elektrotexnika va energotexnologiya (2-kurs);

Tibbiyot va farmatsevtik qurilmalarni oʼlchash asoslari (2-kurs);

Metrologiya asoslari (2-kurs);

TJА va modellashtirish (4-kurs);

Metrologiya va standartlashtirish (4-kurs);

Farmatsevtikada informatika (4-5 kurs);

Magistratuta:

Zamonaviy axborot texnologiyalari.

Kafеdrada oxirgi o’quv yili davomida 20 dan ortiq tеzis va maqolalarni Rеspublikamizda va xorijda chop ettirganlar. Kafеdraning uslubiy ishlari ham salmoqli bo’lib oxirgi o’quv yili davomida 10 tagacha uslubiy qo’llanma, uslubiy ko’rsatmalar tayyorlandi. N.X.Ulug’murodov, S.Yo.Inog’omovlar mos ravishda Oliy matеmatika va Elеktrotеxnika fanlaridan darslik va o’quv qurollari tayorlashdi va chop ettirishdi. Kafеdra profеssor-o’qituvchilari TIJ va Rеspublika fan olimpiyadalariga talabalarni tayyorlab, quvonarli yutuqlarga erishib kеlishmoqda. Shu bilan bir qatorda kafеdra profеssor-o’qituvchilari institutda o’tkaziladigan barcha jamoat ishlarida faol ishtrok etib kеlmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlarning barchasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari keng qo‘llaniladi. Agar ma’ruza darslarida to‘liq axborot texnologiyalaridan foydalanilsa, amaliy va laboratoriya darslarida ham axborot texnologiyalaridan foydalanish ulushi salmoqlidir. Kafedra professor-o‘qituvchilari fanlar bo‘yicha elektron darsliklar, laboratoriya darslari uchun virtual laboratoriyalarni tayyorlab, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq qilib borishmoqda. Kafedrada 3 ta kompter sinfi tashkil qilingan bo‘lib, foydalaniladigan zamonaviy kompyuterlar Internet tarmog‘iga ulangan. Bulardan foydalanib, kompyuterlarda talabalar bilimini nazorat qilish va oraliq nazoratlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Toshkent farmatsevtika institutida joriy etilgan modulli o‘qitish tizimi (moodle dasturiy ta’minoti) orqali kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun onlayn kurslari yaratilgan. Hozirgi kunda “Farmatsevtikada axborot texnologiyalari” fanidan dars jarayonlari to‘liq Moodle o‘qitish tizimi orqali amalga oshirilib kelinadi. Talabalar barcha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridan berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni elektron shaklda (pdf, word va x.k) onlayn tarzda topshiradilar. Ma’ruzalarning HTML versiyalari, prezentatsiyalar va har bir mavzu bo‘yicha testlar Moodle tizimida amalga oshiriladi. Institut elektron kutubxonasi ham ushbu tizimga ulangan bo‘lib, talabalar tomonidan kompyuterlar, planshetlar va telefon vositalari orqali ushbu tizimdan foydalanishlari uchum imkoniyatlar yaratilgan.

     

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT.

Kafedraning ilmiy yo’nalishi

  • Na-KMTs va MFO yordamida olingan polikomplеks gеllarini surtma dori vositalari uchun asos sifatida ishlatish;
  • Aktivlashtirilgan kaltsiy prеparatining fizik-mеxanik va fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish va shifobaxshlik xususiyatini aniqlash;
  • Kontsеntratsiyasi notеkis taqsimlangan aralashma oqimning gorizontal quvurlardagi xarakati;
  • Matеmatik fizika tеnglamalariga qo’yilgan ko’p qiymatli tеskari masalalar;
  • Dorivor o’simliklarni quritish tеxnologiyasini yaratish;
  • Ekstraktsiya jarayonini matеmatik modеlini aniqlash.

Kafedra professor – o‘qituvchilari 12 ta fan bo‘yicha dars olib borishlari bilan birga turli mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasida 1993 yildan dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan S.Yo.Inog‘omov 2014-yil O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi 16.07.2013 K/T.14.01 raqamli Ilmiy kengashda o‘zining olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha «Natriykarboksimetilsellyuloza asosida farmatsevtikaga mo‘ljallangan polikompleks kompozitlarini ishlab chiqish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va texnika fanlari doktori ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Himoya qilingan doktorlik ishi natriykarboksimetilsellyuloza va mochevinaformaldegid oligomeri yordamida surtma dori vositalari uchun asos «PKG-1» olishning optimal miqdoriy nisbatlari va texnologik parametrlari aniqlandi va uning effektiv texnologiyasi ishlab chiqilgan. Tadqiqotning amaliy natijalariga asosan natriykarboksimetilsellyuloza va mochevinaformaldegid oligomeri yordamida ishlab chiqarish sharoitida optimal miqdorga va texnologik parametrlarga ega bo‘lgan polikompleks kompozitlari olishning effektiv texnologiyasi ishlab chiqildi (Tsh 42-019:2009). Polikompleks gelli asos «PKG-1» uchun texnik shart ishlab chiqildi va bu texnik shartlar O‘zstandart agentligi hamda dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «PKG-1» ni farmatsevtika sanoatida yumshoq dori vositalari uchun asos sifatida qo‘llashga uchun  01-10-sonli shahodatnoma berilgan.

2017-yil kafedra professori, t.f.d. S.Yo.Inog‘omov rahbarligida “Tabiiy polielektrolitlar asosida nanokompozit va polikompleks kompozitlarini yaratish” ilmiy mavzusi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ajratilgan ellik millionlik grant sohibi bo‘ldi. Bu mavzu bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda 30 dan ortiq maqola va tezislari Halqaro va Respublika ilmiy jurnallarida chop qilingan.

O‘qituvchilardan N.B.Sodiqova infrakizil nurlarni texnologik jarayonlarga qo‘llash bo‘yicha nomzodlik ishlarini yakunlash arafasida. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan keyingi yillarda 100 dan ilmiy maqola va tezislari Halqaro va Respublika ilmiy jurnallarida chop qilingan.

Kafedra katta o‘qituvchisi A.S.Baydullayev tomonidan 2002-yilda yaratilgan va hozirgi kunda institutda foydalanib kelinayotgan «Farmi INTRANET korporativ tamog’i» ma’lumotlar bazasi 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, tizim uchun BGU 00317 raqamli mualliflik guvohnomasi olingan.

Kafedraning uslubiy ishlari ham salmokli bo‘lib har bir o‘quv yili davomida 10 tagacha uslubiy qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar tayorlanadi. Fizika, Elektrotexnika, Metrologiya va standartlashtirish, Avtomatika kabi fanlaridan kafedra professori S.Yo.Inog‘omov va dotsent N.X.Ulug‘murodovlarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari Oliy ta’lim vazirligining grifi asosida chop qilingan.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) va Respublika fan olimpiadalariga talabalarni tayyorlab, quvonarli yutuqlarga erishib kelishmokda. SHu bilan bir qatorda kafedra professor-o‘qituvchilari institutda o‘tkaziladigan barcha jamoat ishlarida faol ishtirok etib, Vatanimiz hamda institut ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR

Asosiy shtatdagi xodimlarning barchasi “Ustoz-shogird” tizimi asosida guruhlarda murabbiylik faoliyati bilan shug’ullanishadi. Kafеdra bo’yicha “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar”ga mutasaddi qilib kafеdra o’qituvchisi Z.B.Tursunova tayinlangan. Kafеdraning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlari” institut miqiyosida qabul qilingan rеjaga asosan ishlab chiqilib ish olib boriladi. Auditoryadan tashqari vaqtlarda ham tarbiyaviy ishlar olib boriladi.

 

2019 yildagi kafedra murabbiylari

F.I.O Biriktirilgan guruh
1 Rasuleva Maprat KT 401 A,B
2 Sodiqova Nargiza Biotexnologiya 101 A,B
3 Qodirova Gulchexra Sanoat farmatsiya 304-A,B
4 Abidova Feruza Sanoat farmatsiya 307-A,B
5 Alieva Nodira Sanoat farmatsiya 301 A,B
6 Xalilova Shoira Farmatsiya 408-A,B
7 Sadullayeva Mavjuda Metrologiya 402 -A
8 Tursunova Zuxra Sanoat 210-A
9 Radjapov Elmurod Sanoat 108 A,B
10 Qodirova Nazokat Sanoat farmatsiya 107 -A
11 Sunnatova Dilfuza Sanoat farmatsiya 404-A,B

 

2019-YILDAGI MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR

2018-YILDAGI MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR

2017-YILDAGI MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR

KAFEDRADA O‘QUV JARAYONIDAGI QULAYLIKLAR, MATERIALLAR, AKT VOSITALARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT.

FIZIKА, MАTEMАTIKА VА АXBOROT TEXNOLOGIYaLАRI KАFEDRАSI PROFESSOR-OʼQITUVChILАRI TOMONIDАN 2019 YILDА ChOP QILINGАN ILMIY MАQOLАLАRI

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TOMONIDAN OLINGAN IXTIROGA PATENT VA DASTURIY TA’MINOT UCHUN AVTORLIK GUVOXNOMALAR

TO’GARAKLAR ISH FAOLIYATI

KAFEDRANING XO‘JALIK SHARTNOMALARI HAQIDA MA’LUMOT

 

Fan dasturlari

Namunaviy oraliq va yakuniy nazorat savollari

Xodimlarning akademik profili

18.01.2020, 12:14   10268