O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 21 iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonunining   mazmun-mohiyatini rahbar хodimlarga yetkazishga bag‘ishlab targ‘ibot ishlari olib borildi

20.10.2020, 14:13 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar 1348

Institut rahbar xodimlari va bo‘lim boshliqlari ishtirokida karantin qoidalariga rioya etgan holda navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro holati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli va O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 21 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-629-sonli Qonunlarining   mazmun-mohiyatini va ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Targ‘ibot jarayonida rahbar xodimlar o‘rtasida mazkur  Qonunlarining mazmun-mohiyati, ta’lim tizimi, turlari va shakllari, ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish va  ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish hamda ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining va boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari masalalariga alohida e’tibor berildi.