O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

 

 

“O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi yuqordagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar – kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi – oltin rangida; g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangida tasvirlangan.

26.03.2019, 14:02 22370