O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan maktab o’quvchilari o’rtasida “Madhiyam – millatim g‘ururi, iftihoridir” mavzusida tadbir tashkil etildi

10.12.2020, 16:50 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1063

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2019- yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida maktab ta’limini rivojlantirish buyuk umumilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish jamiyatimizda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilishi zarur ekanligi belgilandi. Shu maqsadda

2020-yil 10-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 319 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari o‘rtasida “Madhiyam – millatim g‘ururi, iftihoridir” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil qilindi. Tadbirda institut O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Yakkasaroy tumanidagi 319 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari hamda soxa vakillari ishtirok etdi. Tadbir jarayonida maktab o‘quvchilari tomonidan vatanparvarlik tuyg‘ularini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda jami 150 nafar professor-o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

 

Institut matbuot xizmati