Organik va biologik kimyo kafedrasining Toshkent shahar Mirobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “El ishonchi, yurt tayanchi – O‘zbekiston yoshlari” va “Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burch” mavzulariga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.

22.01.2020, 16:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1556

2020-yil 16-yanvar kuni institutning kichik faollar zalida Toshkent Farmatsevtika instituti rektori v.v.b. Z.A.Yuldashev rahbarligida Organik va biologik kimyo kafedrasining professor–o‘qituvchilari tomonidan Farmatsiya fakulteti 3 kurs 303-304 A,V guruh talabalari o‘rtasida Toshkent shahar Mirobod tumani Huquqbuzarlik ishlari profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i M.N.Sa’dullaev, Mirobod tumani 2-IIB Huquqbuzarlik profilaktikasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kapitan A.Rejamatov, Afrosiyob mahalla raisi X.A.Jamilov, Afrosiyob maxalla profilaktika ishlari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik A.R.Jumaevlar bilan tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilar kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5529–sonli Farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 17-dekabrdagi 1152-sonli buyrug‘i va Toshkent farmatsevtika institutining 2019-yil 18-sentyabrdagi 795-sonli buyrug‘iga asosan talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida “Kafedra kunlari” tadbirlari rejasiga va Toshkent farmatsevtika institutining 2020-yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil  etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilar kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish  bo‘yicha kafedralar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlari rejasiga muvofiq Toshkent shahar Mirobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “El ishonchi, yurt tayanchi – O‘zbekiston yoshlari”, “Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burch” mavzusida va 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonda “YOshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etishga doir  profilaktik chora-tadbirlar”ga bag‘ishlab o‘tkazilayotganligi borasida gapirib o‘tdi. O‘zbekistonimizni asrab, avaylashimiz, yurt tinchligini saqlashimiz, vatanga bo‘lgan sadoqatimiz, avvalombor bizning odob-axloq qoidalariga rioya qilishimiz, bilim va malakamizni oshirishimiz, el ishonchi, yurt tayanchi – O‘zbekiston yoshlari qo‘lida va Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burch ekanligi to‘g‘risida davra suxbati olib borildi.  SHuningdek, farmatsevtiika talabalarining dorixonalarda ishlashi davomida o‘zlari bilmagan holda, psixotrop moddalarning savdosi bilan shug‘ullanmasliklari va bu moddalarning inson salomatligiga ta’siri, psixotrop moddalarning savdosi qonunga xilof ekanligi va jinoiy ish ekanligi borasida ma’lumotlar berildi.

Mirobod tumani Huquqbuzarlik ishlari profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i M.N.Sadullaev so‘zga chiqib, “YOshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” ga doir profilaktik tadbir O‘zbekistonning barcha viloyat, tuman va mahallalarida olib borilayotganligi va talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Vatanga bo‘lgan sadoqatni kuchaytirish, qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Suhbat jarayonida talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

           

Organik va biologik kimyo kafedrasi