“Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari”

26.04.2018, 16:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2633

     

2018-yil 24-aprel kuni soat 11-00 da professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspektori Sayitov Ergash Xasanovich, Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim prokurori Noyobjonov Mirabbos Dadajonovich, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori Roziqov Abduxalik Ismatullaevich, institut rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni har bir fuqaro mehnat huquqidan xabardor bo‘lishi va bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni bilishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.