Magistratura talabalarining monitoringi.

10.04.2018, 19:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2439

Bugungi kunda institutimizda 5 ta magistratura mutaxassisliklari (5A 510502 -Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish, 5A 510501 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya, 5A 510603 – Dorilarning sanoat texnologiyasi, 5A 510602 – Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi va 5A 320406 – Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi) mavjud bo‘lib, ularda jami 76 ta magistratura talabalari tahsil olmoqdi. Ulardan 44 ta talaba 1-kurs, 32 ta talaba 2-kursda o‘qiydilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida  barcha mutaxassislik kafedralarida ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini chuqurlashtirish uchun komplekslar tarkibidagi  vazirliklar va idoralarga qarashli tarmoqlarni ilmiy–texnik rivojlantirish yo‘nalishlari muammoariga bag‘ishlangan mavzular bazasi shakllantirildi.

Magistratura talabalarini korxonalarning muammoli masalalariga bag‘ishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida joriy yilning 20-sentyabr kuni institut mutaxassislik kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari hamda farmatsevtik ishlab chiqaruvchi korxona vakillari bilan uchrashuv uyushtirildi. Bunda qator korxonalar jumladan,  Dori-darmon AK,  Remedy Group, ATM pharm, Temur Med farm, Dentafil plyus, Balzam, shuningdek, O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti vakillari qatnashishdi.

Joriy yilning 4 -13 aprel kunlari 1 va 2-kurs magistratura talabalarining monitoringi o‘tkazilishi rejalashtirilib, komissiya tomonidan talabalarning qilgan ishlari hisobotlari tinglanmoqda.