Institutning bakalavriyat va magistratura bitiruvchilari diqqatiga!!!

26.04.2018, 15:11 E'lonlar 2334

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Yoshlarda yetakchilik mahoratini shakllantirish” maxsus o’quv-kurslariga taklif qiladi. O’quv kurslarida:

-Raxbarlik mahorati;

-jamoani boshqarish;

-boshqaruv psixologiyasi;

-yetakchi imidji;

-yetakchi etiketi;

-moliyaviy va kadrlarga oid hujjatlarni to’g’ri yuritish kabi mavzularda o’quv-kurslari o’tkaziladi.

Mazkur o’quv-kurslariga vatanparvar,fidoyi yoshlar maxsus sinovlar asosida tanlab olinadi. O’quv-kurslarini muvafaqqiyatli bitirgan tinglovchilar O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi va mahalliy Kengashlariga ishga qabul qilinadi yoki davlat va xo’jalik boshqaruv organlari,kompaniya va tashkilotlarga ishga tavsiya etiladi.

Izoh:Bitiruvchi talabalar tomonidan passport nusxa,obektivka va 2 dona 3×4 oq fonda rasm topshirilishi talab etiladi.29-may kuniga qadar O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut Boshlang’ich tashkilotida qabul qilinadi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi

institut Boshlang’ich tashkiloti