Institutda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi”  mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab  seminar tashkil etildi

14.01.2021, 15:24 E'lonlar 930

O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021  yilning 4 yanvar kunidagi “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida  institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul rahbar xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi”  mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab seminar tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, “Murabbiylar kengashi” raisi N.S.Salimsakova, farmatsiya fakulteti dekan muovini A.Tagbaev,  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi N.E.Yusupova hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul rahbar xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok  etdi.

Mazkur tadbirda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, “Murabbiylar kengashi” raisi N.S.Salimsakova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati yuzasidan prezentatsiya asosida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida barcha kafedra professor-o‘qituvchilar va akademik guruhlarda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati” bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borish vazifasi mas’ullarga yuklatildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi