Institutda kredit-modul tizimida baxolash mezonlari bo’yicha trening bo’lib o’tdi

21.12.2019, 08:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1911

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi  «Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4310-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazishni tashkil etish borasida 2019-yil 18-dekabr  kuni Toshkent farmatsevtika instituti  o‘quv-uslubiy bo‘limi tomonidan trening tashkillashtirildi.

Ma’ruzachi  – Andijon Davlat  Tibbiyot instituti  o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i Q.M.Yusupov tomonidan kredit-modul asosida ta’lim olish jarayoni davomida yuzaga keladigan muammo va yechimlar, professor-o‘qituvchilar va  guruh  jurnallarning rasmiylashtirilishida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar va ularni oldini olish yo‘llari, elektron dekanat tizimini yuritish qoidalari, yakuniy nazorat qaydnomalarini rasmiylashtirish  va baholash mezonlariga oid barcha me’yoriy hujjatlarni yuritish haqida so‘z yuritildi va qizg‘in muhokama bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent farmatsevtika institutining barcha kafedra mudirlari, o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullari, dekan va dekan muovinlari, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va axborot texnologiyalari markazi  hodimlari ishtirok etishdi.

  

  

O’quv-uslubiy bo’lim