Institut  rektorining TTJda  ta’mirlash ishlarini olib borayotgan fidoiy talabalar bilan suhbati  

18.07.2019, 14:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1681

Institut  rektorining TTJda  ta’mirlash ishlarini olib borayotgan fidoiy talabalar bilan suhbati  

      Talabalar turar joyida amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami kengaymoqda!  Institut  rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich institutda hamda  TTJ da  amalga oshirilayotgan kunlik ishlar bilan tanishib  nazorat ishlarini olib bormoqda. 2019 yil 17 iyul kuni I.I.Alimdjanov  TTJda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan talabalar bilan suhbat qurdi. Talabalar  barcha  qavatlariga yangi deraza va romlar o’rnatilgani, suvoq hamda rang berish ishlarini amalga oshirganliklari yuzasida ma’lumot berdilar. Institut rektori  I.I.Alimdjanov oshxona, yuvinish xonalari, hojatxonalarda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi va qo’shimcha takliflar kiritdi. Ta’kidlab o’tamiz mazkur ta’mirlash ishlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich  tashkiloti  institut yetakchilaridan tashkil topgan  “Bunyodkor” yoshlar mehnat otryadining  faol talaba-yoshlari  mehnat qilmoqdalar.

    

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova