Ikki institut o‘rtasidagi xamkorlik shartnomasi.

16.04.2018, 19:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2518

     

     

Toshkent farmatsevtika instituti va O‘zR FA O‘simliklar kimyosi institutlari o‘rtasida xamkorlik shartnomasi imzolandi. Shu shartnomaga binoan Tashfarmi Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi tomonidan o‘quv laboratoriya mashg‘ulotlari olib borish rejasi ishlab chiqildi va ikki institut o‘rtasida tasdiqlandi. Rejaga binoan Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi assistenti f.f.n. N.A.Azimova O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi institutida Tashfarmi, sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 3-kurs 6/1 va 6/2 evro guruxi talabalariga  “Dori vositalarini ishlab chiqarish” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Buning natijasida institut talabalari amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.