Ijtimoiy fanlar kafedrasida “Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli. Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi” mavzusi bo’yicha ochiq dars bo’lib o’tdi.

05.04.2018, 17:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3583

Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Abduraximova Dilnoza Magrifovna tomonidan  2018-yil 3-aprel kuni 25-auditoriyada “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan “Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli. Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi” mavzusi yuzasidan ochiq ma’ruza tashkil etildi. Mashg’ulot davomida “Aqliy xujum”, “Muammoli vaziyat”, “VEN diagrammasi”, “Klaster” usullari qo’llanildi. Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali slaydlardan foydalanildi. Har bir usul o’qituvchi tomonidan xulosalanib, ma’lumotlar bilan to’ldirildi. Bo’lib o’tgan ochiq mashg’ulotga Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchilari  N.Salimsakova, B.Boltayeva, N.Yusupova, institut muzeyi xodimi SH.Burnayev, tashqi ekspertlar sifatida I.A.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, f.f.n T.Qo‘yliyev, TI va QUMMI gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.B.Raxmonberdiyeva qatnashdilar.