Ijtimoiy fanlar kafedrasida “Investitsiyalar va investitsion siyosat. Ishchi kuchining bandligi va mehnat bozori” mavzusi bo’yicha ochiq dars bo’lib o’tdi.

12.04.2018, 14:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2700

Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Xoshimova Go‘zal Fathullayevna tomonidan  2018-yil 11-aprel kuni 127-auditoriyada “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan “Investitsiyalar va investitsion siyosat. Ishchi kuchining bandligi va mehnat bozori” mavzusi yuzasidan ochiq ma’ruza tashkil etildi. Mashg’ulot davomida “Aqliy xujum”, “Muammoli vaziyat”, “VEN diagrammasi”, “Klaster” usullari qo’llanildi. Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali slaydlardan foydalanildi. Har bir usul o’qituvchi tomonidan xulosalanib, ma’lumotlar bilan to’ldirildi. Bo’lib o’tgan ochiq mashg’ulotga Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori X.Mamedov, katta o’qituvchilari D.Abduraximova, N.Salimsakova, B.Boltayeva, N.Yusupova, o‘qituvchi A.Tugalov, tashqi ekspertlar sifatida Milliy universitet doktaranti F.Axmedova qatnashdilar.