“Farmatsiya” kafedrasida “Dori vositalarining biofarmatsevtik aspektlari” mavzusida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

20.04.2018, 16:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2146

2018-yil 13-aprelda soat 830 133-auditoriyada Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti “Dorixona muassasalari iqtisodiyoti va farmatsiyadagi dolzarb muammolar” yo‘nalishi 44–47 guruh tinglovchilariga “Farmatsiya” kafedrasi dots.v.b. X.K.Bekchanovning “Dori turlari texnologiyasi” fanidan “Dori vositalarining biofarmatsevtik aspektlari” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruzada Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti dekani, f.f.d., professor X.S.Zaynutdinov, “Farmatsiya” kafedrasi mudiri f.f.n., professor A.K.Ganiyev, AAFK kafedrasidan f.f.n., dotsent M.M.Qurbonova, “Farmatsiya” kafedrasi dotsentlari f.f.n. A.M.Tuxtayeva, f.f.n. G.M.Ismailova, f.f.n. U.J.Akromov, f.f.n. N.A.Abduraxmanova va katta o‘qituvchi, f.f.n. SH.T.Salyamova ishtirok etdilar.