“Farmatsevtika ishini tashkil qilish” kafedrasi va “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasilarda Farmatsevtika ishini tashkil qilish fanidan “Dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlashni tashkil qilish” va “Dorixonada tayyorlangan dori vositalari sifatini baholash” mavzularida integratsiya qilingan ma’ruza darsi bo‘lib o‘tidi.

10.04.2018, 14:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2361

2018–yil 9–aprel soat 13:30 da 112-xonada farmatsiya fakulteti 3 kurs talabalarining kasb ta’limi yo‘nalishi oqimida “Farmatsevtika ishini tashkil qilish” kafedrasi dotsenti Z.SH Xidoyatova va “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti N.S Fayzullayevaning Farmatsevtika ishini tashkil qilish fanidan “Dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlashni tashkil qilish” va “Dorixonada tayyorlangan dori vositalari sifatini baholash” mavzularida integrallashgan ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruza 80 daqiqa davom etdi. Ma’ruzaning birinchi juftida FITQ kafedrasi dotsenti Xidoyatova Z.SH. “Dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlashni tashkil qilish” mavzusi bo‘yicha talabalarga taqdimot slaydlarini namoyish qildi. Mavzu bo‘yicha me’yoriy xujjatlar va xozirgi yangi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Ma’ruzaning keyingi juftida esa “Dorixonada tayyorlangan dori vositalari sifatini baholash” mavzu bo‘yicha DTT kafedrasi dotsenti N.S.Fayzullayeva talabalarga mavzu bo‘yicha tayyorlangan slaydlarni namoyish qildi.