Toshkent farmatsevtika institutining S.D.Asfendiyarov nomli Qozoq milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorligi

02.12.2020, 14:56 E'lonlar 1070

Toshkent farmatsevtika instituti S.D.Asfendiyarov nomli Qozoq milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Universitet rahbariyati taklifiga asosan “Dori turlari texnologiyasi” fanidan ma’ruzalar o’qish rejalashtirildi.2020 yilning 2- dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi mudiri, professor Yo.S.Karieva tomonidan mazkur universitetning 3 kurs “Farmatsiya” mutaxasisligi talabalariga “Ko’z dori shakllari. Ko’z tomchilari va surtmalari texnologiyasi. Antibiotiklar bilan dori shakllari” mavzusida ma’ruza o’qildi.

 

Kafedra mudiri:                                                                      prof. Yo.S.Kariyeva

Mas’ul:                                                                                N.X.Tashpulatova

Institut matbuot kotibi.