E’lon

24.12.2020, 16:16 E'lonlar 1165

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida 2020 yilning 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020 yil 23 dekabr kuni “Farmasevtik ishlab chikarishni tashkil etish” kafedrasi o‘qituvchilari Mirobod tumanidagi 328-sonli maktabga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida hamkorlik vazifalari belgilab olindi. Shu bilan bir qatorda, kafedra assistentlari N.A. Madatova, Sh.U.Karshiboevlar tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun “Ishlab chikarish va ekologiya” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

       

       

Darsda kafedra dos. A.M. Ernazarov, k.o‘. Sh.A. Mamasolieva, assistentlar R.R. Masharipova, D.T.Elmurodov, Z.N. Eshmurodov va maktab direktori F.M.Gaziturova, iktisodiyot fani o‘qituvchisi F.A. Ismoilovalar ishtirok etishdi. Dars so‘ngida o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollariga javob oldilar.

Farmasevtik ishlab chikarishni tashkil etish kafedrasi mudiri, dosent:  A. Ernazarov