Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilarining mehribonlik uyiga tashrifi.

29.01.2020, 13:59 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1528

Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli mehribonlik uyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil qilishdi.

Tadbir davomida kafedra mudiri F.S.Jalilov mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga dori vositalari haqida, ularni ichishda nimalarga e’tibor berilishi, dozalari, qanday qo‘llash haqida ma’lumot berdilar. Odamlar ijtimoiy himoyasini kafolatlash yuzasidan olib borilayotgan islohotlar qog‘oz uchun emas balki, ular turmushini yaxshilash, ayniqsa, sihat-slomatligini mustahkamlashga qaratilganini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish, fuqarolarni sifatli hamda arzon dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan 30 dan ortiq qaror va farmonlarning o‘zi ham bu sohaga dolzarb masala sifatida qaralayotganidan dalolat beradi. Darhaqiqat, aholini arzon narxlarda dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash maqsadida narxlar shakllanishini tartibga solish tizimini takomillashtirish, farmatsevtika sanoatini qo‘llab- quvvatlash va ichki bozorni mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan to‘ldirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, deya o‘z suhbatlariga yakun yasadilar.

Suhbat so‘nggida barchaga dorilarga xech qachon ehtiyoj sezmasliklarini va doimo sog‘-salomat bo‘lishlarini tiladilar.

      

      

Dori vositalarini standartlashtirish va

sifat menejmenti kafedrasi