Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari «O‘zbekiston tarixi»telekanalida

25.01.2020, 14:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1782

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari  «O‘zbekiston tarixi» telekanali “XAYRLI KUN” ko‘rsatuvining mehmonlari bo‘lishdi. Ko‘rsatuvda “Salomatlik va go‘zallik” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil qilinib, bu seminarga turli soha mutaxasislari tarixchilar, farmasevtlar, tibbiyot xodimlari, faylasuflar, musiqashunos olimlar taklif qilindi. Ushbu seminarda Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi mudiri Jalilov Fazliddin Sodiqovich, dotsent Iminova Inoyatxon Milievna va katta o‘qituvchi Zokirova Gulrux Raxmatillaevnalar ishtirok etib, seminar ishtirokchilari bilan “Salomatlik va go‘zallik” mavzusida o‘zlarining fikrlarini o‘rtoqlashdilar. Mazkur suhbat 2020 yil 24 yanvar kuni soat:9-00 da «O‘zbekiston tarixi» telekanali “XAYRLI KUN” ko‘rsatuvida efirga uzatildi.