Dori turlari kafedrasi talabalar turar joyida “Kafedra kuni”ni o‘tkazdi.

20.04.2018, 10:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2409

2018-yil 12-aprel kuni Dori turlari texnologiyasi kafedrasi talabalar turar joyida “Kafedra kuni”ni o‘tkazdi. Unda kafedraning faxriy professor o‘qituvchilari Z.A.Nazarova, dotsent N.S.Fayzullayeva, kafedra mudiri, prof Yo.S.Kariyeva, kafedra assistentlari,  xodimlari va talabalar ishtirok etdilar. Kafedra mudiri, prof Yo.S.Kariyeva talabalarga kafedraning ilmiy faoliyati haqida ma’lumot berdi. So‘ngra kafedra faxriy o’qituvchisi professor Z.A.Nazarova o‘zining ko‘p yillik faoliyatida olib borgan ilmiy ishlari, kafedraning ilmiy faoliyati oshishida o‘z hissasini qo‘shgan professor o‘qituvchilar haqida qiziqarli ma’lumot berdi.