Birinchi kurs maktabi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

 O‘QUV-USLUBIY BO‘LIMI

BIRINCHI  KURS  MAKTABI

 

“Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida 
takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”.

Sh.M.Mirziyoyev

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” deb nomlangan nutqida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.

Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deb ta’kidlab o‘tgan edi.

Darhaqiqat, bugungi kunda davlatimiz va hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning aksariyati mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarni chuqur bilim olishlari, kasb-hunar sirlarini mukammal o‘zlashtirishlari hamda jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va aqlan barkamol avlod sifatida kamol topishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan. Shunday ekan, siz aziz talaba-yoshlar o‘zingiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda o‘z bilim va tajribalaringizni oshirishingiz hamda undan Vatan taraqqiyoti yo‘lida, ezgu va hayrli ishlarda foydalanishingiz lozim.

Bizning maqsadimiz-

insonlar hamjihatligi va

taraqqiyotiga xizmat qiluvchi

eng yaxshi ta’lim va ilg‘or ilmiy

tadqiqotlarni olib borishdan

iboratdir.
Alimdjanov Ibroxim Inamovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
Toshkent farmatsevtika instituti
rektori

Birinchi kursga qabul qilingan aziz talaba yoshlar, barchalaringizni eng aziz, eng ulug‘ bayram mustaqilligimizning 27 yilligi bilan muborakbod etaman.

Oltin davrning ilk kunlarini boshlayotgan qalbi quvnoq, iqtidori sar baland yoshlar! Sizlarga o‘zining boy an’anasi, tarixi, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasidagi o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Toshkent farmatsevtika instituti bilan tanishtirishga ruxsat bersangiz.

Bizning institut  ilg‘or tibbiy ta’lim, natijaviy fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotni ta’minlashni maqsad qilgan va o‘zaro bir-birini tushunib, qo‘llab quvvatlaydigan minglab o‘qituvchi-ustozlar, xizmatchi-xodimlar va talabalarni birlashtirgan. Toshkent farmatsevtika instituti o‘zining 80 yildan ziyod tarixi davomida xalqaro talablarga javob beradigan ta’lim tizimiga ega bo‘lganligi sababli, mamlakatimizda eng kuchli o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Institut farmatsevtika yo‘nalishlari va kasbiy yo‘nalishdagi bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari hamda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot dasturlarini taklif etadi. Bakalavriatda 5 ta ta’lim yo‘nalishi, magistraturada 5 ta mutaxassislik mavjud.

Bugungi kunda institutimizda 239 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda: ularning 22 nafari professor, 71 dotsent,  65 nafari esa katta o‘qituvchi va 81 assistentlardir.

Aziz talaba yoshlar, oldinda sizni qiziqarli loyiha va dasturlarga boy bo‘lgan o‘quv jarayoni kutmoqda. Biz Toshkent farmatsevtika institutini dunyoning eng zo‘r ta’lim markazlaridan biriga aylantirishga bor kuch-g‘ayratimiz bilan harakat qilamiz. Umid qilamizki, siz bizning institutimiz – Toshkent farmatsevtika instituti oilasining munosib a’zosiga aylanasiz!

INSTITUT TARIXI

Toshkent farmatsevtika instituti Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan farmatsevtika sohasidagi oliy ta’lim muassasidir. U rasman 1937 yil 16 iyulda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xalq komissarining 155-son buyrug‘i bilan  Toshkent Tibbiyot  institutining zaminida, ayrim kafedralari asosida tashkil topdi. Bu voqea nafaqat O‘zbekistonda, balki barcha Markaziy Osiyo davlatlarida farmatsevtika sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga asos bo‘ldi. Oliy farmatsevtika ta’limining strukturasi, farmatsevtlar tayyorlash dasturi mujassamlashdi.

Institutda mutaxassislar tayyorlash va ilmiy izlanishlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan akademik Yo.X.To‘raqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari, professorlar M.A.Azizov, A.M.Murtazayev, R.L.Xazanovich, K.G.Ioffe, Z.M.Umanskiy, X.X.Xolmatov, A.X.Hoshimov, Z.E.Manulkin, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari, professorlar E.R.Toshmuxamedov, M.N.Maxsumov, dotsent A.Yu.Ibodov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, dotsent A.U.Rahimov va boshqalarning xizmatlari beqiyosdir. Ulardan keyingi avlod namoyondalari S.M.Mahkamov, L.T.Ikromov, B.S.Sadriddinov, T.P.Po‘latova, X.X.Hakimov, V.A.Karimov, A.A.Abzalov, O‘.Axmedov, S.N.Aminov, X.U.Aliyev, dotsentlar Z.N.Nazirov, I.A.Asatov, I.A.Xarlamov, Yo.Q.Qodirov, R.Z.Ziyayev va boshqa ustozlarning institut ravnaqidagi betinim mehnatlarini chuqur hurmat bilan tilga olamiz.

Bugungi kunda salmoqli salohiyatga, yuksak ijodiy potensialga ega bo‘lgan yirik o‘quv-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy markazga aylandi. Ayniqsa mustaqillik yillarida farmatsiya ta’limini isloh qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Institut fakultetlari va bo‘limlarida bugungi kunda 250 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar bo‘lib, fan doktori va yuzdan ortiq fan nomzodlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular respublikada yuqori malakali farmatsevtlar, biotexnologlar, farmatsevt-muhandislar, farmatsevt-pedagog va kosmetsevt-texnolog mutaxassislar tayyorlash bilan birga farmatsevtika fanini rivojlantirib, aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashni takomillashtirishdek, mahalliy xom ashyolar asosida yuqori samarali, yangi dori  vositalari yaratishdek sharafli vazifani bajarib kelmoqdalar.

INSTITUT FAKULTETLARI

FARMATSIYA    FAKULTETI  

SANOAT FARMATSIYASI FAKULTETI

FARMATSEVT KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH FAKULTETI

 

INSTITUT KAFEDRALARI

Umumiy va noorganik kimyo Dori vositalarining sanoat texnologiyasi Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmatsevtik texnologiya
Analitik kimyo Biotexnologiya
Dori turlari texnologiyasi Dori  vositalarini standartlashtirish va sifat  menejmenti
Farmakognoziya Tibbiy va biologik fanlar
Toksikologik kimyo Organik va biologik kimyo Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash
Farmatsevtika ishini tashkil qilish Fizika, matematika va  axborot texnologiyalari
Farmakologiya va klinik farmatsiya Tillar
Farmatsevtik kimyo Ijtimoiy fanlar

BIZNING FAXRIMIZ

Toshkent farmatsevtika instituti o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida ko‘plab malakali kadrlarni tarbiyalab el-yurt xizmatiga safarbar etdi. Institutimizni tugatib ketgan mutaxassis kadrlarning aksariyati Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida mehnat qilib kelmoqdalar. Ularning ko‘pchiligi el-yurt manfaati yo‘lida fidoiylik bilan o‘z kasb mahoratlarini namoyon etib kelmoqdalar.

Bugungi kunda institutda iktidorli talabalar soni 65 ta bo’lib, ularning barchasi bevosita ilmiy-tadkikot ishlarida faol ishtirok etib kelmokdalar.

Bu borada Toshkent farmatsevtika institutida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Institut rektori rahnamoligida iqtidorli talabalarga keng imkoniyatlar tashkil qilingan bo‘lib, buning natijasi sifatida har yili oliy ta’lim va respublika miqyosidagi turli ilmiy anjuman va tanlovlarda bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan iqtidorli talabalar “Talabalar ilmiy jamiyatida”, “Farmatsiyada fan ta’lim va ishlab chikarishning dolzarb muammolari”, «Tibbiyotning dolzarb muammolari», «XXI asr intellektual avlod asri” shiori ostida o‘tkazilgan yosh olim va talabalar ilmiy – ijodiy oliy ta’lim va respublika miqyosidagi anjuman, tanlovlarda bakalavriatura va magistratura talabalari ilmiy ma’ruzalari bilan faol qatnashishmoqdalar. Talabalarning ilmiy maqolalari nufuzli jurnallarda chop etilmoqda.

Shuningdek Belgiya, Boston, Moskva, Xarkovda o‘tkazilgan ilmiy amaliy anjumanda talabalarning ilmiy ijodiy ishlarining yutuq va natijalari maqola tarzida chop etilmoqda. Jami xalqaro 18ta respublikada 24ta institut miqyosida o‘tkazilgan anjumanda 300ga yaqin ilmiy ishlarning natijalari chop etildi.

Shu bilan birga talabalarimiz ichidan o‘zining izlanuvchanligi va harakatchanligi bilan ko‘pgina nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘layotganlari ham ko‘plab topiladi. Birgina 2017-2018 o‘quv yil bo‘yicha quyidagi stipendiatlar va fan olimpiadalarida yuqori o‘rinlarni olgan talabalarni sanab o‘tishimiz mumkin:

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IBN SINO DAVLAT STIPENDIYASI SOVRINDORLARI

Sunnatov Shukurullox Xikmatillo o‘g‘li        –  Farmatsiya yo‘nalishi, 5-kurs

ISLOM KARIMOV NOMLI DAVLAT STIPENDIYASI

Malikova Madina Anvarovna                          – Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi, 4-kurs

 TALABALAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARI

Sunnatov Shukurullox Xikmatillo o‘g‘li        – Farmakologiya fanidan II – o‘rin

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN KO‘RIK-TANLOVLAR

To‘rayeva Sadoqat Solijon qizi                          – “Yosh ijodkor talaba” yo‘nalishi

bo‘yicha I – o‘rin, 4- kurs

Pazliddinov Abdulvohid Vahobjon o‘g‘li        – “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar

yo‘nalishi bo‘yicha II – o‘rin, 4- kurs

Po‘latov Rustam Mamirjonovich                      – “Asarlardan yaralgan navolar”

yo‘nalishi bo‘yicha II – o‘rin, 5- kurs

Fazliyev Sunnatullo Alloeddinovich o‘g‘li         – “Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi”

yo‘nalishi bo‘yicha II – o‘rin, 4- kurs

Jalilova Umida Asqarali qizi                              – “Asarlardan yaralgan sahna asarlari”

yo‘nalishi bo‘yicha III- o‘rin, 2- kurs

BIZNING AN’ANALARIMIZ

Toshkent farmatsevtika instituti nafaqat ta’lim sohasida boy tajribaga ega, balki talaba-yoshlar tarbiyasini yaxshilash va ma’naviyatini o‘stirishga qaratilgan bir qancha tadbirlarni o‘tkazishda ham ko‘p yillik an’anaga ega.

Eng avvalo, institutda birinchi kurs talabalarining ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini yaxshilashga, ularning institutga moslashuvini tezlashtirishga qaratilgan “Ustoz-shogird” tizimiga muvofiq amal qiluvchi Ta’lim-tarbiya maslahatchilari maktabining faoliyati haqida qisqacha yoritib o‘tishni lozim deb topdik.

Birinchi kursga qabul qilingan talabalar ma’lum guruhlarga birlashtirilgandan so‘ng guruhlarga ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyati va amaliyotini chuqur anglab yetgan professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ichidan tanlab olingan ta’lim-tarbiya maslahatchilari biriktiriladi. Ular o‘quv va o‘quv-uslubiy sohada, ma’naviy-ahloqiy tarbiya sohasida hamda ilm-fan va tadqiqotlar sohasida birinchi kurs talabalariga yaqin maslahatdosh sifatida yordamlashadilar. Institutda o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ta’lim-tarbiya maslahatchilari ko‘magida tashkillashtiriladi. Bakalavriyatning 2-bosqichidan boshlab ta’lim-tarbiya maslahatchisi maktabi asta-sekin to‘laqonli “Ustoz-shogird” tizimiga o‘ta boshlaydi. Uchinchi bosqichdan boshlab ushbu tizimga o‘tishning imkoniyati va ijtimoiy zaruriyati tug‘iladi. Ustozlar magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish bilan birga bo‘lajak kadrning mutaxassisligi, uning ilmiy-uslubiy darajasi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, kasbiy mahorati va kasb etikasi uchun ham mas’ul bo‘ladilar.

Toshkent farmatsevtika institutida quyidagi tadbirlar an’anaviy tarzda va keng miqyosda nishonlanadi:

  • Bilimlar kuni
  • O‘qituvchi va murabbiylar kuni
  • Birinchi kurs talabalariga talabalik guvohnomasini tantanali topshirish marosimi
  • O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni
  • Yangi yil bayrami
  • Xalqaro xotin-qizlar kuni
  • Navro‘z bahor bayrami
  • Xotira va qadrlash kuni
  • Bitiruvchilarga mutaxassislik diplomlari tantanali topshirish marosimi.

Bundan tashqari institutda turli ma’naviy-tarbiyaviy mavzularga bag‘ishlangan davra suhbatlari va turli sport musobaqalarini o‘tkazish urfga aylangan. 9-May – Xotira va qadrlash kunida urush faxriylari va mehnat qahramonlari, keksa yoshli professor-o‘qituvchilarning xonadonlariga turli hadyalar bilan tashrif buyurib, ularning ko‘nglini ko‘tarish, institut otalig‘idagi “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga muntazam mehr-muruvvat ulashish odatga aylangan.

O‘QUV-USLUBIY FAOLIYAT

Ma’lumki, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy muammolarni  yuqori saviyada hal eta oladigan, malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari oldida turgan ustivor vazifa hisoblanadi

Ko‘p yillar mobaynida Toshkent farmatsevtika institutida faqat 1 ta yo‘nalish – farmatsiya bo‘yicha kadrlar tayyorlanib, Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalari asosan dorixona tizimida ish yuritish, dori preparatlarini tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilishga qaratilgan edi. Respublikamizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qabul qilinishi, ta’lim sohasida, jumladan, farmatsevt kadrlar tayyorlash tizimini tubdan o‘zgarish  va takomillashtirishni taqazo etdi.

Dastavval, mavjud o‘quv rejalar qayta tahlil qilinib, mutaxassislik fanlarining dasturlariga zamon talabiga javoban o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan: farmatsevtik kimyo fanidan kelgusi kasbiy faoliyat davomida keng ahamiyatga ega bo‘lmagan murakkab kimyoviy sintez va boshqa ma’lumotlarni yodlash o‘rniga, dori vositalarining nazorati, sifatini ta’minlash, standartlashtirish va sertifikatlashtirish muammolariga ko‘proq e’tibor qaratildi.

Farmatsiya ishini tashkil qilish faniga “Dori siyosati”, “Logistika”, “Dori vositalarini qalbakilashtirish”, “Farmatsevtik iqtisodiyot” tushunchalari kiritildi.

Tibbiy biologik fanlar turkumiga bir birini o‘zaro to‘ldiruvchi yangi fanlar: klinik farmatsiya, farmakokinetika, farmakologik biokimyo, farmatsevtik yordam kiritildi.

Mustaqillik yillarida farmatsevtika sektorining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi tarmoq uchun kadrlarning yangi avlodi bilan ta’minlanishini va ularni tayyorlashning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishni taqazo etdi. Buning uchun, avvalam bor, o‘quv rejasidagi fanlarni takomillashtirish, amaliy farmatsevtika talablariga ko‘ra yangi yo‘nalishlarni tashkil etish zarur bo‘ldi.

Bu esa, o‘z navbatida, institutda “Klinik farmatsiya”, “Sanoat farmatsiyasi”, “Kasb ta’limi”, “Kosmetsevtika” ta’lim yo‘nalishlarini va “Farmatsevtik texnologiya”, “Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya”, “Farmatsevtika iqtisodiyoti va menejmenti”, “Dori vositalarini sanoat texnologiyasi”, “Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklarini tashkil qilinishiga asos bo‘ldi. Farmatsiya ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga esa, farmakologik biokimyo, farmatsevtik yordam, farmakokinetika, klinik farmatsiya kabi yangi fanlar kiritildi.

Yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun Davlat ta’lim standartlarining yangi avlodlari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va yangi avlod o‘quv adabiyotlari yaratildi.

Axborot-resurs markazida “Elektron kutubxona” faoliyat ko‘rsatadi. Elektron kutubxonaning foydalanuvchilar uchun qulaylik tomoni shundan iboratki, foydalanuvchilarning, ya’ni professor-o‘qituvchilar va talabalarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini elektron kutubxona ma’lumot qidirish apparati va ma’lumotlar bazalari orqali tezkor ravishda topshirishlariga erishiladi. Fanlar bo‘yicha elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmuasi mavjud. Kutubxonadagi kompyuterlar yordamida kafedralarda o‘qitilayotgan barcha fanlarning o‘quv-uslubiy majmuasi  elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Axborot resurs markazi (ARM) kompyuterlari internetga ulangan. ARM o‘quv zallari talabalar tomonidan so‘ralgan axborotlarni tezkorlik bilan ta’minlashda institut Internet bo‘limi bilan hamkorlikda bajarmoqda.

TANAFFUSLAR JADVALI

Smena Paralar Boshlanish vaqti Oralig‘i Tugallanishi Tanaffus
1-Smena 1. 8 30 90 9 50 10
2. 10 00 90 11 20 40
3. 12 00 90 13 20 10
4. 13 30 90 14 50

Institutning boshqaruv tizimi

Lavozimi Familiyasi va ismi-sharifi Joylashgan o‘rni
Rekorat
Rektor Alimdjanov Ibroxim Inamovich Rektorat 1-qavat
O‘quv ishlari  bo‘yicha prorektori, professor Nabiyev Talat Abduvaxobovich Rektorat 1- qavat
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektori Xudoybdiyev Olloqul Isoqovich Rektorat 1- qavat
Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Normaxamatov Nodirali Saxabataliyevich Rektorat 1- qavat
Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha  prorektori Kazakov Zafar Ochilovich Rektorat 1 – qavat
Fakultet dekanlari
Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti dekani 1-bino 1-qavat
Nurmuxamedov Aziz Abdujalilovich Farmatsiya fakulteti dekani 1-bino 1-qavat
Ilxomov Xisomiddin Shotursunovich Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani 2-bino 1-qavat
Bo‘limlar
Abzalova Nodira Akmalevna O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i 1-bino 1–qavat
Iskandarova Shoxista Fexruzovna Magistratura bo‘limi boshlig‘i 1-bino 1–qavat
Axmedov Javoxir Jaxongirovich Marketing bo‘lim boshlig‘i 3-bino 2–qavat
Baydullayev Abduraxmon Serikovich Axborot texnologiyalari markazi  boshlig‘i 1-bino 3–qavat
Xolmuratova Farog‘at Axborot resurs markazi boshlig‘i 1-bino 1–qavat
Kafedra mudirlari
Sharipov Avez Tuymurodovich Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi mudiri 1-bino 1-qavat
Fatxullayeva Muyassar Analitik kimyo kafedrasi mudiri 1-bino 1-qavat
Kariyeva Yoqut Saidkarimovna Dori turlari texnologiyasi kafedrasi  mudiri 1-bino 3-qavat
Urmanova Flyura Faridovna Farmakognoziya  kafedrasi mudiri 1-bino 2-qavat
Usmonaliyeva Zumrad O‘ktamovna Toksikologik kimyo kafedrasi mudiri 1-bino 3 -qavat
Umarova Shaxnoz Ziyatovna Farmatsevtika ishini tashkil qilish  kafedrasi mudiri 2-bino 3-qavat
Fayziyeva Ziyoda To‘rayevna Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi  mudiri 2-bino 2-qavat
Olimov Xayrullo Qayumovich Farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri 1-bino 2-qavat
Xaydarov Vosil Rasulovich Dori vositalarining sanoat  texnologiyasi  kafedrasi mudiri 1-bino 3-qavat
Ismailova Moxinur Gafurovna Biotexnologiya kafedrasimudiri 2-bino 4-qavat
Jalilov Fazliddin Sadikovich Dori  vositalarini standartlashtirish va sifat  menejmenti kafedrasi mudiri 1-bino 2-qavat
Nuraliyeva Xafiza Otayevna Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudiri 2-bino 3-qavat
Karimov Aminjon Organik va biologik kimyo kafedrasi mudiri 1-bino 2-qavat
Shadmanov Kamoliddin Kazakjanovich Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri 2-bino 4-qavat
To‘ychiyeva Saodat Meliquziyevna Tillar kafedrasimudiri 2-bino 2-qavat
Ismailov Kamolotdin Qurultoyevich Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri 2-bino 2-qavat

REYTING BAHOLASH TIZIMI HAQIDA

Toshkent farmatsevtika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimini takomillashtirish haqidagi 333-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqildi. Reyting baholash tizimining qisqacha tavsifi quyidagicha:

Reyting tizimida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini muntazam ravishda baholab boriladi va u quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:

  • Joriy baholash (JB);
  • Oraliq baholash (OB);
  • Yakuniy baholash (YaB).

Joriy baholashda – fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy, seminar yoki labaratoriya mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi.

Oraliq baholashda – fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish mahorati  va qobiliyati aniqlanadi.

Joriy va Oraliq baholashlar har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, og‘zaki, yozma ish, test, nazorat ishi, uy vazifasi va shu kabi boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Yakuniy baholashda – talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy baholash semestr davomida o‘tkaziladi.

Fan bo‘yicha talabaning semestr davomida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Toshfarmida ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: joriy baholashga 50 ball, oraliq baholashga 20 ball,  va yakuniy baholashga 30 ball.

Yakuniy natijalar bo‘yicha to‘plangan ballar bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi:

  • 86 – 100 ball – “a’lo”;
  • 71 – 85 ball – “yaxshi”;
  • 56 – 70 ball – “qoniqarli”;
  • 0 – 55 ball – “qoniqarsiz”.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 56 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 56 va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.

(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010 y) tahririda — O‘R QHT, 2010 y., 34-son, 297-modda)

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida semestr yakunida fan bo‘yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri bo‘yicha saralash ballidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

AXBOROT RESURS MARKAZI

Axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PK-381-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkent farmatsevtika instituti kutubxonasi «ARM» maqomiga ega bo‘ldi. Axborot – resurs markazi (ARM) hozirda 1 ta binoda, ya’ni institutning 1-binosida joylashgan. ARM fondida 383.751 nus’hadan iborat darsliklar, qo‘llanmalar, ilmiy, badiiy adabiyotlar saqlanadi. Shuningdek 74 nomdagi gazeta va jurnallar muntazam yangilanib turiladi. ARMda 27 ta kompyuter mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi o‘quv zallarida joylashgan. 7 ta kompyuterga o‘quv adabiyotlari, o‘quv darsliklari, o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi kiritilgan. Bundan tashqari 1835 ta nus’hada darslik, qo‘llanmalar, ma’ruza matnlaridan iborat elektron versiyalar mavjud. ARM kompyuterlari Internetga ulangan.

Axborot-resurs markazining ish vaqti 8 30 dan – 18 00 gacha.

ARMga a’zo bo‘lish uchun kitobxondan pasport va ikkita fotosurat talab qilinadi, institut rektorining buyrug‘i asosida ARMga a’zo qilinadi. Talaba kitobxonlik formulyari asosida adabiyot oladi, kitobni har bir tavsif varaqchasi (kitob formulyari)ga o‘z imzosini qo‘yadi. Qo‘shimcha adabiyotlar olish uchn kitobxon shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali uyga belgilangan muddatda olib ketib foydalanish huquqiga ega. Ilmiy adabiyotlarni besh kun muddatga, o‘quv adabiyotlarini bir o‘quv yili yoki bir semestr muddatga, badiiy adabiyotlar esa (3 nus’hagacha) 15 kun muddatga beriladi.

TOSHFARMI TALABASINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Talabalar huquqlari

Institutda talabalar:

  • Konstitutsiyaviy va “ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilangan xuquqlardan foydalanish;
  • O‘zlarini qonunda belgilangan xuquqlari doirasida institut boshqaruv faoliyatiga doir masalalarda ishtirok etish;
  • o‘zining insoniy qadr-qimmatini hurmat qilinishini talab etish;
  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida, institutning ichki normativ hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanish;
  • o‘quv fanlarini o‘zlashtirish jarayonida turli xil qiyinchiliklar yuzaga kelsa, professor-o‘qituvchilardan yordam olish;
  • institutning barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish uchun turli shakllarda faollik ko‘rsatish;
  • sport bilan shug‘ullanish, institutning ijtimoiy hayotida ishtirok etish huquqiga ega.

Talabalar majburiyatlari

Institutda talabalar:

  • Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, jamoasining xuquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini xurmat qilish;
  • “Toshkent farmatsevtika institutining talabasi” degan sharafli nomga munosib ravishda o‘qishi;
  • o‘ziniig barcha xatti-harakatlarini nazorat qilib borishi va o‘z faoliyati davomida doimo yaxshilikni yomonlikdan, halollikni vijdonsizlikdan, qonuniylikni huquqbuzarlikdan farqlay olishi kerakligini unutmasligi:
  • o‘z vijdoniga quloq tutgan holda o‘z sha’niga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan va o‘z ahloqiy prinsiplariga shubha soladigan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi;
  • institut talabasi davlat va nodavlat tashkilotlari hamda tuzilmalarida amaliyot o‘tar ekan, u o‘z xulq-atvori bilan institut haqida, unda tayyorlanayotgan mutaxassislar sifati to‘g‘risida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishi kerakligini anglab yetishi;
  • institut hududida narkotik va psixotrop moddalar, alkogolli mahsulotlar (shu jumladan pivo) iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga har tomonlama to‘siq qo‘yishi;
  • Institutning fondlariga (vositalariga) taaluqli mol-mulkiga xar qanday xolatda (qasd yoki extiyotsizlik oqibatida) zarar yetkazmaslik;
  • talabalar yotoqxonasida ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilishi hamda gaz, suv va elektr energiyasini tejamkorlik bilan sarflashi shart.
  • talabalar institutda tarkib topgan an’analar saqlab qolinishi to‘g‘risida har tomonlama jonkuyarlik qilishlari, quyi kurs talabalarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda, ularni nojo‘ya xatti-harakatlardan asrab qolishga ko‘maklashishlari shart. Quyi kursdagi talabalar yuqori kursdagilarning maslahatlariga quloq tutishi va hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari;
  • talabalar bilan institut hamda boshqa oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar asosini o‘zaro hurmat, ishonch va hamkorlik tashkil etishlari;
  • institutda talabalar universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda subordinatsiyaga rioya etishlari, o‘z mulohazalarini va baholarini berishda ahloq normalariga amal qilishlari;
  • institutda talabalar agar institut professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari murojaat qilsalar ularga baholi qudrat yordam ko‘rsatishlari lozim. (Toshkent farmatsevtika instituti korporativ odob-ahloq kodeksidan).

Talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari

Toshfarmi hududida:

  • hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko‘rsatib kirish;
  • hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;
  • ustozlar bilan duch kelganda salom berish;
  • o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
  • Toshfarmi mulki (ko‘char va ko‘chmas mulki, o‘simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar) ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
  • kiyinish va o‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish;
  • mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;
  • maishiy tinchlikka rioya qilish;
  • narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi alohida qayd etiladi.

Auditoriyada:

-talabalar uniformada (oq xalat va qalpoqcha) bo‘lishlari;

-o‘g‘il bolalar ko‘ylak va galstukda yurishlari;

-laboratoriya mashg‘ulotlarida texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilishlari;

  • uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;
  • dars vaqtida gaplashmaslik;
  • jihozlarga madaniy munosabatda bo‘lish, partalarga yozmaslik;
  • qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
  • ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.

Umumiy ovqatlanish joylarida:

  • taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;
  • tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish;
  • ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
  • umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.

Axborot resurs markazida:

  • ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
  • kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
  • baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;
  • qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
  • kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.

Talabalar turar joylarida:

  • mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;
  • elektr energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;
  • sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;
  • talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qat’iy rioya qilish.

Sport majmualarida:

  • sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
  • sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;
  • mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
  • sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.

Madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida:

-o‘rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;

-ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;

-uxlab o‘tirmaslik, o‘rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik.

Shuningdek,

-turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan Toshfarmi haqida   yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;

-doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi oliyjanob fazilatlarni chuqur anglash;

-Toshfarmi manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obro‘si hamda nufuzi

to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat

bilan munosabatda bo‘lish.

Professor-o‘qituvchi va talabalar odob-axloqida

man etiladigan holatlar

Professor-o‘qituvchiga:

– jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, o‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;

– jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirish;

– talabalar bilan o‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;

– talabalarni asossiz o‘quv mashg‘ulotlardan chiqarib yuborish;

– o‘quv mashg‘ulotlarida tijorat reklamasi o‘tkazish;

– o‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;

– o‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;

– binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi.

  • Talabaga:

– professor-o‘qituvchilarga qo‘pollik qilish, mashg‘ulotlar vaqtida asossiz gapirish;

– professor-o‘qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;

– yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki professor-o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlar qilish;

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muasassalari, tashkilot, korxonalar xodim va talabalarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 20-yanvardagi № 34 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institut rektorining 2016-yil 5-fevraldagi №44-T sonli buyrug‘i ishlab chiqildi.

– xodimlar va o‘z o‘rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;

– yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish;

– boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;

– mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborish yoki kechikib kelish;

– mashg‘ulotlar vaqtida professor-o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;

– boshqa talabaning sa’y-harakatlariga qasddan ziyon yetkazish;

– moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo‘llar bilan ko‘z-ko‘z qilish qat’iyan man etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiy davolash profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, tashkilot korxonalar xodim va talabalarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 20-yanvardagi №34 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institut rektorining 2016-yil 5-fevraldagi №44-T sonli buyrug‘i ishlab chiqildi.

Birinchi kursda o’tiladigan fanlarning o’quv-uslubiy majmualari:

13.10.2018, 14:17 14262