Talabalar turar joyida yashovchi yoshlar o‘rtasida “Muhammad Yusuf ijodida vatan tuyg‘usi” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi

22.12.2020, 16:13 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1181

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 11-dekabr kunidagi 87-06-1120-sonli topshiriq xati hamda “Tavallud sanalari nishonlanadigan ijodkorlar va olimlarning yubiley tadbirlarini keng miqyosida o‘tkazish chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan institutning nazorat rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 21-dekabr kuni institut O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Talabalar turar joylarida yashovchi talabalar o‘rtasida “Muhammad Yusuf ijodida vatan tuyg‘usi” va “O‘zbek adabiyotining zabardast ijodkori Muhammad Yusuf” mavzularida adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva, kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Suhbat jarayonida Muhammad Yusuf hayoti va ijodi, u qoldirgan adabiy meros, shuningdek, talabalar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan sahnalashtirilgan sahnaviy ko‘rinishlar, Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rlar o‘qib eshitirildi.

                    

Institut matbuot xizmati