Toshkent farmatsevtika institutining S.D.Asfendiyarov nomli Qozoq milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorligi

10.12.2020, 15:29 E'lonlar 1260

Toshkent farmatsevtika instituti S.D.Asfendiyarov nomli Qozoq milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda

2020 yilning 9 – dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi mudiri, professor Yo.S.Karieva tomonidan mazkur universitetning 3 kurs “Farmatsiya” mutaxasisligi talabalariga “Farmatsevtik nomutanosiblik va ularni bartaraf etish usullari” mavzusida ma’ruza o’qildi.

2020 yilning 10- dekabr kuni S.D.Asfendiyarov nomli Qozoq milliy tibbiyot universiteti “Farmatsevtik texnologiya. Farmatsiya maktabi” kafedrasi dotsenti, farm.f.n. Raganina K.T Toshkent farmatsevtika instituti  “Farmatsiya” yo’nalishi 3 kurs talabalariga “Водные извлечения, факторы, влияющие на полноту извлечения. Применяемое оборудование” mavzusida ma’ruza o’qidi.