DVST kafedrasi professor-o’qituvchilari institut bilan hamkor maktablarda “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir tashkil etdilar

09.12.2020, 13:21 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1297

Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham o‘z konstitutsiyasiga ega emas. Milliy ramzlar qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi bu  bizning baxtimizdir. Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me’yoriy xujjatlar uchun mustahkam asos va dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizning 28 yilligiga bag‘ishlab Dori vositalarini sanoat texnologiyasi kafedrasi  xodimlari va 328-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya baxtimiz-qomusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, jumladan N.Azimova, Z.Zufarova , M.Usmonova , N.Vaxidova hamda hamkor  maktab direktori, o’qituvchilar va o’quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni maktab direktori  Gaziturova Feruza Shakirovna kirish so’zi bilan  ochib berdi va Konstitutsiyaning 28 yilligi bilan barcha tadbir ishtirokchilarini muborakbod etdi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari tomonidan kuy qo’shiqlar va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

     

Institut matbuot xizmati