“FARMASEVTIKA SOHASINING BUGUNGI HOLATI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR” MAVZUSIDAGIXALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN yakulandi
Farmatsevtika ta’lim sifatini ta’minlash, integratsiya jarayonlari, jumladan, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida har yili xalqaro olimlar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bu ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi – ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, xamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish, farmatsiya soxasidagi yangi yutuqlarni amaliyotga joriy qilish uchun olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi xamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, farmatsevtika fani dolzarb muammolari yechimiga talabalar, magistrantlar, doktorantlar va yosh olimlarning e’tiborini qaratish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasiga, fundamental va amaliy tadqiqotlar yutuqlarini iqtisodning real sektoriga joriy etishga ko‘maklashish, olimlar va ishlab chiqaruvchilarning kuchini birlashtirish, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, mamlakatimizdagi holatni inobatga olib onlayn tarzda tashkil etldi.
“Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2020-yil 13-noyabr kuni soat 10:00 da boshlanib, konferensiya Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizaev hamda Sog‘liqni saqlash vaziri A.M.Xadjibaev, O‘zbekiston Respublikasi SSV farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariev, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O‘simliklar moddallari kimyosi instituti direktori, professor Sh.Sh Sagdullaevlar tomonidan ochib berildi va qatnashchilarga tabrik so‘zi bildirildi.
Anjumanning ochilish qismidan so‘ng dasturda keltirilganidek barcha qatnashchilar o‘zlarining biriktirilgan seksiyalarida onlayn tarzda ma’ruzalarini taqdim etdilar.Shuni ham ta’kidlash joizki Konferensiya 7 seksiyaga ajratilgan bo‘lib, har bir seksiyaga mas’ullar biriktirilgan.
Ushbu konferensiyada Germaniya, Misr Arab Respublikasi, Hindiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Sankt-Peterburg, Ukraina va Qozog‘iston Respublikalarining farmasevtika sohasi bo‘yicha Oliy o‘quv yurtlari mutaxassilari, farmasevtika korxonalar vakillari onlayn tarzda qatnashdilar.
Anjumanda OAV va’killarining ham ishtiroki ta’minlanib, konferensiya “O‘zbekiston 24”, “Yoshlar” teleradiokompaniyalari va “UZA”, “EDU.uz”, “VUZ 24” tarmoqlari orqali yoritilishi rejalashtirildi.
Institut matbuot xizmati