“Eng yaxshi maqola”, “O‘zbek tilim – faxrim mening” mavzusida “Eng yaxshi intervyu”, nutq madaniyati va notiqlik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan “Eng yaxshi notiq”, “Eng mazmunli va ta’sirchan ijtimoiy rolik” kabi tanlovlarni o‘tkazish joriy etildi

14.10.2020, 22:18 E'lonlar, Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1374

21 -oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan institut talabalar o‘rtasida “Til millat ko‘zgusi” rukni ostida yoshlar qalbida ona tilimizga mehr-muhabbat hissini yanada kuchaytirishga yo‘naltirilgan “Eng yaxshi maqola”, “O‘zbek tilim – faxrim mening” mavzusida “Eng yaxshi intervyu”, nutq madaniyati va notiqlik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan “Eng yaxshi notiq”, “Eng mazmunli va ta’sirchan ijtimoiy rolik” kabi tanlovlarni o‘tkazish joriy etildi. Hurmatli talabalar mazkur tanlovlarda faol ishtirok eting va ijodiy ishlarni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etishingiz lozim. Telegram raqamlar (97) 130-86-82 va (90) 916-50-40. Barchangizga omad yor bo‘lsin.

Institut matbuot xizmati